"Amerika Ovozi" TV dasturlarini qabul qilish qo'llanmasi


Sun’iy yo’ldoshli antennaning tomonlarini o’zgartirishdan avval uni ishlab chiqargan kompaniya qo’llanmasini ko’zdan kechiring. ASIASAT-3 antennasi ekvatorning 100.5 yo’nalishida joylashgan.

Uni topish uchun sizning antennangiz sun’iy yo’ldosh antennasi tomon qaratilgan bo’lishi lozim. Qo’llanma ichidagi jadvaldan sizga yaqin shaharning azimutini va dengiz sathidan qancha balandligini toping.

Antennani shu burchakka qo’yish uchun sizga magnitli kompus va inklinometr (og’ishni o’lchovchi asbob) kerak bo’ladi.

Endigi vazifa sizning DVB/MPEG 2 sun’iy yo’ldosh signalini qabul qiluvchi asbob menyusiga quyidagi, ya’ni IBB (Xalqaro Axborot Vositalari Kengashi) antennasi o’lchamlarini kiritish bo’ladi. Dasturlarni uch sistemada qabul qilish mumkin:

AsiaSAT-3
Transponder 11H
105 Degrees East
D/L Freq: 4040 MHz
Polarization: Horizontal
FEC: ½ rate
Symbol rate change to 26.5
Video Format: PAL

IOR - New Skies 703
57 deg. E
Transponder 35 (Global beam)
D/L Freq: 4055 MHz
FEC: 1/2 rate
Symbol Rate: 26.0 MS/s
Network ID: 3
D/L Pol: RHC
Typical LO Freq: 5150 MHz
Typical L-band IF: 1095 MHz
Video Format: PAL
Virtual channels 340

Eutelsat Hotbird 3 Digital
Transponder 76
13 Degrees East
Freq: 12.226. GHZ
FEC: 3/4
Symbol Rate: 27:5 MS/S
Typical L-band Freq: 1476 MHz
Local Oscillator (LO) freq: 10.75GHz
Signal Polarization: Vertical
Network ID1: H-pol setting to provide 19V to LNB for High Ku band
Network ID 4: V-pol setting to provide 13V polarizer control
Virtual channels 340

Signal polarizatsiyasini gorizontal tarzda qo’ying. Keyin esa o’z antennangizni asta azimut va dengiz sathi balandligiga qarab to’g’rilashni boshlang, bunda endi sun’iy yo’ldosh signali qay darajada olinayotganiga e’tibor berishingiz kerak. Signal qabul qilish darajasi asbobning ko’rsatmasida berilgan bo’lishi kerak.

Esda tuting, dasturlarimiz ASIASAT-3 tizimining 340-kanalida havoga uzatiladi.

Antenna bizning ASIASAT-3 dagi tizimimizda signal darajasi eng yuqori bo’lganda to’g’rilanadi. Qabul qiluvchi antenna bizning (IBB) signalni sezganda, mahkamlanishi kerak; bu holda siz suratni ko’rib, ovozni tinglay olasiz.

Agar sizning antennangiz polyar moslamali bo’lsa, unda azimut va dengiz sathidan balandlikka e’tibor bermasangiz ham bo’ladi. Antennani sharqiy yoki g’arbiy tomon buringda, eng sifatli signalni olganingizda, uni mahkamlang.

Masalan agar Toshkentda bo’lsangiz, sun’iy yo’ldosh signalini olish uchun sizga 32.7 azimut va gorizontal balandlik burhchagi gradusi lozim. Haqiqiy azimut esa (magnit emas!) 137.3 gradusda bo’lishi lozim. Bu raqamlar qo’llanmaning kelasi sahifalarida berilgan.

Demak, agar antennangizda avvaldan to’grilangan moslama bo’lsa, unda siz moslamani sal bo’shashtirishingiz kerak bo’ladi. Antennani qo’llanmadan topadigan raqamlarga asoslanib, joylashtirasiz. Magnitli kompus va inklinometr bunda sizga qo’l keladi. Mabodo moslama aniq ravishda to’grilanmasa, xavotir olmang, chunki uni keyinroq o’z o’rniga qo’yish mumkin.

Bunday keyin IBB o’lchamlarini o’z antennangizga kiriting, uning signal qabul qilishini gorizontal ravishda qo’ying. Signal qabul qiluvchi qismni antennadagi LOW NOISE BLOCKDOWNCONVERTER ga 4 metrga yaqin uzunlikdagi kabel bilan ulang.

Agar asbobni tomga olib chiqishning iloji bo’lmasa, antennani moslashtirayotganingizda, kimdir siz uchun antennaning signalini qulay joydan kuzatib turishi kerak bo’ladi. Antennani azimuti va balandligiga qarab, aniq signalni topguncha, qimirlatavering va eng aniq signalni topganda, uni mahkamlang. WORLDNETning signali kuniga 24 soat uzatiladi.

Endi antenna moslamasini mahkamlang va signalning qay darajada kelayotganini qayta tekshiring. Signal siz moslamani mahkamlayotganingizga o’zgarmasligi kerak. Agar shunday bo’lsa, unda yana boshqatdan to’g’rilang. Motorli polyarga ega antennasi bor tele-markazlar uchun ish osonroq bitadi.

Sun’iy yo’ldosh qabul qilish asbobini WORLDNET to’lqiniga moslang va signal tarqatuvchini gorizontal tarzda qo’ying. Keyin esa antennani Clarke Beltni oladigan ravishda qo’ying. Eng yuqori darajadagi signalni topgach, ASIASAT-3 ni antennangiz moslamasiga qo’shing, chunki undan kelajakda foydalanasiz. Buni qanday qilish uchun ham o’z antennangiz qo’llanmasidan foydalaning.

XS
SM
MD
LG