Jamoatchilik orasida yaqinlashayotgan saylovlarga ishonch past


O’zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi parlament saylovlari uchun okruglardagi komissiyalar tarkibini ma’qullagan. Respublika bo’ylab 135 okrug tashkil etilgan.

To'rt rasmiy partiya va O’zbekiston ekologlari harakati qonunchilik palatasiga o’z a’zolarini saylash niyatida. Lekin jamoatchilik orasida 27 dekabrda o’tadigan saylovga ishonch past. U na erkin, na odil jarayon, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o’zbekistonliklar.

O'zbekistondagi siyosiy tajriba shuni ko'rsatadiki, saylov taqdirini komissiya hal etmaydi.

Viloyat kengashiga deputatlik uchun ikki bor nomzod sifatida kurashgan va mamlakatda saylov qanday ko’rsatkichlarga ko'ra o’tishi bilan yaxshi tanish bir fuqaro deydiki: .

“Qatnashganmiz, yelib-yugurib saylovchilar bilan uchrashganmiz, lekin natijada umuman saylovchilar bilan uchrashuvga kelmagan nomzodlar o’tib ketishgan. Ikki safar ham shunday bo’ladi. 1994 yili “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan qatnashgan edim. 2004 yilda ham qatnashdim. 5 kishini nomzodi bir joydan qo’yilgan edi. 4 kishi birgalashib saylovchilar bilan uchrashganmiz, mening gaplarim, va’dalarim olqishlarga sazovor bo’lgan. Saylovchilar bilan ancha gaplashganman, meni o’tadi deb ishonishgan. Lekin baribir boshqa tayinlangan odam o’tib ketdi”.

Hukumat bu yilgi saylovlar demokratik va oshkora o'tadi deya ta’kidlamoqda.

Jarayonning xalqaro me’yorlarga ko’ra o’tishi va buning ahamiyati haqida yaqinda bir necha xalqaro konferensiyalar tashkil etildi.
Biroq oddiy o’zbekistonliklar fikricha bu xo'jako'rsinga qilinayotgan ishlardir.

“O'zgarishlar oshkoralikning teskarisi.... Boshqa hech narsa deyish mumkin emas ”, - deydi siyosiy faollikka intilib yashayotgan fuqarolardan biri.

Huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o’g'li ancha vaqtdan buyon “Adolatli saylovlar uchun ” nodavlat tashkilotini ro'yxatdan o'tkazishga urunib keladi.

Hozirgacha u biror rasmiy natijaga erishmagan bo’lsada, saylov kampaniyasini yaqindan kuzatmoqda.

“Saylov Sovet Ittifoqi davridagi kommunistik partiya uslubida o'tadi. Kompartiya rahbari tomonidan boshqariladi. Deputatlar ham shunga ko’ra harakat qiladi. Bunday qarasangiz, partiyalar o’rtasidagi kurash ham mantiqsiz. Ko’p ovoz to'plagan partiya vakili baribir bosh vazirlikka ko’tarilmaydi. Shunday ekan partiyalar uchun kim qancha ovoz olishining partiyalar uchun farqi yo'q”, - deydi Abdulla Tojiboy o’g’li.
Sharhlovchilarga ko’ra saylovda qatnashuvchi partiyalar hozirgacha aniq bir muammo haqida gapirishga jur’at etmagan va saylov davrida ularni bexosdan o’zgarish qilishi kutilmaydi.

“Har bir saylovchi nomzod bilan uchrashuvda so’rashi kerak, nomzod O’zbekiston iqtisodi haqida qanday fikrda, vaziyatni o’zgartirish uchun nima qilmoqchi, aniq bir rejasi bormi? Aks holda saylashdan naf yo’q, undan ko’ra saylovdan voz kechish kerak, shunda ularni ko’zlari ochiladi, parlament o’z kuchini yo’qotadi”, - deydi sharhlovchi Akbar Aliyev.

O’zbekiston televideniyesida saylov kampaniaysi haqidagi ko’rsatuv muntazam efirga uzatiladi. Matbuot va partiyaviy nashrlar ham saylov haqida yozir turibdi.

“Matbuotning o’zi o’lik bo’lsa, undanda o’likroq o’tayotgan saylovlarni qanday yoritish mumkin? Matbuot avval o’zi jonlanishi kerak. Saylov munosabati bilan odatdagidek to’qchilik haqidagi mavzular partiyaviy platformalar bilan almashayapti, ya’ni bu partiya saylansa yanada yaxshi bo’ladi degan ma’noda”, - deydi jurnalistlardan biri.
Televideniye va matbuotdagi targ’ibotalarga qaramasdan aholi orasida saylovga qiziqish kuzatilmaydi.O’zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi parlament saylovlari uchun okruglardagi komissiyalar tarkibini ma’qullagan. Respublika bo`ylab 135 okrug tashkil etilgan.

To'rt rasmiy partiya va O`zbekiston ekologlari harakati qonunchilik palatasiga o’z a’zolarini saylash niyatida. Lekin jamoatchilik orasida 27 dekabrda o`tadigan saylovga ishonch past. U na erkin, na odil jarayon, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o’zbekistonliklar.

O'zbekistondagi siyosiy tajriba shuni ko'rsatadiki, saylov taqdirini komissiya hal etmaydi.

Viloyat kengashiga deputatlik uchun ikki bor nomzod sifatida kurashgan va mamlakatda saylov qanday ko`rsatkichlarga ko'ra o`tishi bilan yaxshi tanish bir fuqaro deydiki: .

“Qatnashganmiz, yelib-yugurib saylovchilar bilan uchrashganmiz, lekin natijada umuman saylovchilar bilan uchrashuvga kelmagan nomzodlar o`tib ketishgan. Ikki safar ham shunday bo`ladi. 1994 yili “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan qatnashgan edim. 2004 yilda ham qatnashdim. 5 kishini nomzodi bir joydan qo`yilgan edi. 4 kishi birgalashib saylovchilar bilan uchrashganmiz, mening gaplarim, va`dalarim olqishlarga sazovor bo`lgan. Saylovchilar bilan ancha gaplashganman, meni o`tadi deb ishonishgan. Lekin baribir boshqa tayinlangan odam o`tib ketdi”.

Hukumat bu yilgi saylovlar demokratik va oshkora o'tadi deya ta`kidlamoqda.

Jarayonning xalqaro me`yorlarga ko`ra o`tishi va buning ahamiyati haqida yaqinda bir necha xalqaro konferensiyalar tashkil etildi.

Biroq oddiy o`zbekistonliklar fikricha bu xo'jako'rsinga qilinayotgan ishlardir.

“O'zgarishlar oshkoralikning teskarisi.... Boshqa hech narsa deyish mumkin emas ”, - deydi siyosiy faollikka intilib yashayotgan fuqarolardan biri.

Huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o`g'li ancha vaqtdan buyon “Adolatli saylovlar uchun ” nodavlat tashkilotini ro'yxatdan o'tkazishga urunib keladi.

Hozirgacha u biror rasmiy natijaga erishmagan bo`lsada, saylov kampaniyasini yaqindan kuzatmoqda.

“Saylov Sovet Ittifoqi davridagi kommunistik partiya uslubida o'tadi. Kompartiya rahbari tomonidan boshqariladi. Deputatlar ham shunga ko`ra harakat qiladi. Bunday qarasangiz, partiyalar o`rtasidagi kurash ham mantiqsiz. Ko`p ovoz to'plagan partiya vakili baribir bosh vazirlikka ko`tarilmaydi. Shunday ekan partiyalar uchun kim qancha ovoz olishining partiyalar uchun farqi yo'q”, - deydi Abdulla Tojiboy o`g`li.

Sharhlovchilarga ko`ra saylovda qatnashuvchi partiyalar hozirgacha aniq bir muammo haqida gapirishga jur`at etmagan va saylov davrida ularni bexosdan o`zgarish qilishi kutilmaydi.

“Har bir saylovchi nomzod bilan uchrashuvda so`rashi kerak, nomzod O`zbekiston iqtisodi haqida qanday fikrda, vaziyatni o`zgartirish uchun nima qilmoqchi, aniq bir rejasi bormi? Aks holda saylashdan naf yo`q, undan ko`ra saylovdan voz kechish kerak, shunda ularni ko`zlari ochiladi, parlament o`z kuchini yo`qotadi”, - deydi sharhlovchi Akbar Aliyev.

O`zbekiston televideniyesida saylov kampaniaysi haqidagi ko`rsatuv muntazam efirga uzatiladi. Matbuot va partiyaviy nashrlar ham saylov haqida yozir turibdi.

“Matbuotning o`zi o`lik bo`lsa, undanda o`likroq o`tayotgan saylovlarni qanday yoritish mumkin? Matbuot avval o`zi jonlanishi kerak. Saylov munosabati bilan odatdagidek to`qchilik haqidagi mavzular partiyaviy platformalar bilan almashayapti, ya`ni bu partiya saylansa yanada yaxshi bo`ladi degan ma`noda”, - deydi jurnalistlardan biri.

Televideniye va matbuotdagi targ`ibotalarga qaramasdan aholi orasida saylovga qiziqish kuzatilmaydi.
XS
SM
MD
LG