Ispaniya va Fransiya havo kuchlari Manasdan chiqib ketgan


Ispaniya va Fransiya Qirg’iziston hukumati talabi bilan Manas aerodromini tark etgan.

60 ispan askari va ikki Gerkules C-130 rusumidagi harbiy samolyot Afg'onistonning Hirot shahriga, 30 fransuz zobiti va ularning harbiy vositalari esa Tojikiston poytaxti Dushanbega ko’chirilgan.

Hozirda Manasga qaytish uchun muzokaralar ketmoqda. Ispaniya va Fransiya harbiylari Qirg’izistonda qolishni va shu yerdan turib Afg’onistondagi harakatlarga hissa qo’shish istagida ekanini bildirgan.

Amerika havo kuchlari Manasdan foydalanish uchun yiliga 60 million dollar ijara haqi to’laydi. Aerodromda 15 mingga yaqin askari bor. Har oy AQSh bu maskandan 500 tonna yuk olib o’tadi.

XS
SM
MD
LG