AQSh Pokiston bilan yangicha munosabatlar tarafdori


AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Pokistonda mamlakat rahbariyati bilan terrorga qarshi hamkorlikni muhokama qilgan. Klinton Pokiston rahbariyatidan tashqari Lohurda talabalar, mahalliy rasmiylar va diniy yetakchilar bilan uchrashib, ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash borasida fikr almashgan.

AQSh davlat kotibi talabalarni jangarilarga bo'yin egmaslikka da'vat etgan. Muloqot paytida talabalardan biri AQSh va Pokiston o'rtasida ishonch rishtalari u qadar kuchli emasligiga ishora qilgan.

Xillari Klinton davlatlar siyosatidagi qarama-qarshiliklardan ko'ra diqqatni umumiy manfaatlarga qaratib munosabatlarni yangilashi lozim degan.

"Bush prezidentligi davridagi Amerika bilan Obama davridagi Amerika siyosatini tenglashtirmang. Bu kun bilan tunni qiyoslagandek," deydi Klinton pokistonlik talabalarga.
Hozirgi siyosat oldingisidan farq qiladi va ikki tomonlama munosabatalarni yaxshilashga qaratilgan, deydi u.

Xillari Klinton mintaqaga safari davomida AQSh hukumatining Pokiston uchun ajratilgan bir necha yodam dasturlarini ma'lum qilgan, xususan huquq-tartibot organlari faoliyatini yaxshilash va chegara xavfsizligini kuchaytirish uchun 103 million dollar, armiyaning jangarilarga qarshi operatsiyalari natijasida uylarini tark etgan pokistonliklarga yordam tariqasida 56 million dollar va oliy ta'lim tizimini takomillashtirish uchun 45 million dollar beriladi.

Pokiston armiyasining aytishicha, Janubiy Vaziristonda Tolibon bilan yelkama-yelka jang qilayotgan o'zbek jangarilari qurshovga olingan. Armiya jangarilar talofatlar ko'rayotganini ta'kidlaydi. Jang kechayotgan hududda jurnalistlarning ishlashi man etilgani bois u yerdagi vaziyat bo'yicha mustaqil manbalardan ma'lumot olish imkoni bo'lmayapti.

XS
SM
MD
LG