Breaking News

Pokistonda Tolibon rahbarini tutganga mukofot beriladi


Pokistonning Ravalpindi shahrida armiya qarorgohi yonida bir kishi o’zini portlatib, 35 odamni o’ldirgan. O’nlab odam jarohatlangan deb xabar qiladi Islomoboddagi muxbirimiz Shon Maruniy. O’tgan oy jangarilar xuddi shu binoga hujum qilgan edi.

Xuruj hukumatga qarashli bank yaqinida, poytaxt Islomoboddan bir necha kilometr narida sodir etilgan. Oy boshida bankda odam gavjum bo’lib, davlat ishchilari maoshini oladi.

Oylik ish haqini kutib, navbatda turgan mana bu kishining aytishicha o’lganlar ko’p. Uning o’zi ham o’g’lidan ayrilgan bo’lishi mumkin.

Pokistonda hujumlar ko’lami oshgan, jangarilar BMTning Islomoboddagi idorasi, harbiy bazalar, Peshovardagi bozor va yana bir necha inshootni nishonga olgan.

Pokiston hukumati Tolibon rahbari Hakimulla Masud va uning izdoshlari haqida axborot bergan kishiga 5 million dollar mukofot va’da qilmoqda.
Afg’oniston bilan chegaradosh mintaqa – Janubiy Vaziristonda esa armiya jangarilar bilan olishmoqda.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshi “Davlatimiz Tolibonga qarshi urushni kuchaytirmoqa, jangarilar qochishga tushgan”,- deydi .

“Shu yil oxirigacha Tolibon ildizini qurita olamiz”, - deya ishonch bildirmoqda vazir.

XS
SM
MD
LG