Breaking News

O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi


O’zbekiston to’rt mamlakatni bir-biriga bog’lovchi, energiyadan kelishib foydalanish to’g’risidagi mintaqaviy kelishuvdan chiqishini ma’lum qilgan.

“Uzbekenergo” kompaniyasi vakili Iso Sadullayevning aytishicha, energiyadan o’zaro kelishgan holda foydalanish va taqsimlash tizimi hozirgi talabga javob bermaydi va davlatlar o’rtasida nizolarga sabab bo’lmoqda.

Tizim O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston va Qirg’izistonni o’z ichiga oladi.

“Pravda Vostoka” gazetasidagi maqolasida Sadullayev amaldagi energetik kelishuvlar O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga javob bermaydi, va hatto mamlakat barqarorligiga tahdid solmoqda degan.

“Ayrim davlatlar, masalan Tojikiston 100 million kilovatt elektr quvvatini noqonuniy iste’mol qilgan”, - deydi “Uzbekenergo” vakili.

XS
SM
MD
LG