Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan


Tovlamachilikda ayblanib 12-yarim yilga qamalgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayidning turmush o’rtog’i va 6 yoshli qizi o’tirgan avtomobil yuk mashinasi bilan to’qnashib ketgan. Taksidagi yo’lovchilarning barchasi halok bo’lgan.

Avtohalokat 5 noyabr kuni kechga tomon jurnalist jazo muddatini o’tayotgan Navoiy viloyatiga ketishda yuz bergan.

“Yuk avtomobili bilan bu yoqda borayotgan kirakashning “Neksiya” avtomabili to`qnashib ketgan. Natijada yo`lovchilar, 6 kishining hammasi halok bo`lgan. Ular ichida Dilmurod Sayidni xotini Barno Jumanova, uning qizchasi ham bo`lgan. Barno Jumanova 33 yoshda, qizi Ro`shana 6 yoshda edi”, - deydi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov.

Tashananov Barno Jumanova bilan fojeadan bir kun oldin ko`rishgan. Barno Jumanova unga qamoqxonadan Dilmurod Sayidning pasportini so`rashayotganini aytgan.

“Ular shu pasportni olib ketishayotgan edi”, - deydi Tashanov.

Jamoatchilikka tanqidiy maqolalari bilan yaxshi tanish bo`lgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid iyun oyida Samarqand viloyatida qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Dilmurod Sayid aybsizligini ta`kidlab keladi va jinoiy ish uning kasbiy faoliyati tufayli soxtalashtirilganini bildirgan.

Bir necha xalqaro tashkilotlar O’zbekiston hukumatiga murojaat qilib, jurnalistni ozod etishni talab qilgan. Ular nazarida Dilmurod Sayid korrupsiyaga botgan rasmiylarni fosh etishga harakatga qilgani uchun ham tazyiqqa olingan. Jinoiy ish, deydi huquq faollari, tuhmat va ig’vo mahsuli.

Mustaqil jurnalist ishini yaqinda shikoyat tartibida ko`rgan Samarqand viloyat sudi avvalgi hukmni o`z kuchida qoldirgan.

XS
SM
MD
LG