Breaking News

Isroil-Falastin ixtilofi kuchaygani uchun Vashington ham javobgarmi?


AQSh Yaqin Sharq mojarosiga yechim izlamoqda, ammo masala bugun boshi berk ko’chaga kirib qolgan. Vashington Isroil va Falastin rahbarlarini hatto bir joyga yig’ishga muvaffaq bo’la olmayapti.

Tahlilchilar nazarida bunda ko’p jihatdan Obama ma’muriyatining o’zi aybdor.

Prezident Obama ishga kirishgani zahoti Yaqin Sharqqa maxsus elchi tayinladi. Isroil-Falastin muloqoti jonlanadi degan umidlar paydo bo’ldi.

Keksa arbob Jorj Mitchell mintaqaga qayta-qayta borib, tomonlar bilan gaplashdi, sekin-asta yangi strategiya namoyon bo’la boshladi.

Obama Isroildan Iordan daryosining G’arbiy sohilida, Falastin bo’lajak davlati hududi deya mo’ljallangan hududga yahudiylar uchun turar-joy qurishni bas qilishni so’ramoqda. Arab hukumatini ham gapga ko’nishga undab, Isroil bilan kelishib ishlashga chaqirmoqda.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos talabi ham shu. “Yahudiy aholi punktlari qurilishi butunlay to’xtatilsa, muzokaraga qaytamiz”,- deydi u.

Ammo Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bunga ko’nmayapti. U hech qanday talabni qabul qilmoqchi emas.

AQSh Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton yaqinda mintaqaga safari chog’ida Isroilga tahsin aytib, qurilish ishlarini biroz cheklash qarorini olqishlagan.

Tahlilchi Deyvid Makovski nazarida AQSh rasmiylari so’ziga sodiq qolgan holda harakat qilmayapti.

“Avvaliga to’xtat deb, endi cheklamoqchi bo’libsiz, buning uchun rahmat, deyish g’alati. Mahmud Abbos buni ko’rib, hafsalasi pir bo’lgani aniq”,- deydi olim.

“Vashington bir so’zni aytdimi, unga amal qilishi kerak”,- deydi Makovski.

Abbos 2010 yilning 24 yanvarida o’tishi rejalangan prezident saylovlarida o’z nomzodini qo’ymaslikka qaror qilgan.

Tahlilchi, Mahmud Abbosning sobiq maslahatchisi G’ayt al-Umariyning aytishicha, Falastin yetakchisi soxta va’da, so’z o’yinlaridan charchagan.

Bu orada Falastin saylov komissiyasi saylovni qoldirishni tavsiya qilmoqda.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG