AQSh Birmadan muxolifat yetakchisini ozod etishni so'ramoqda


Singapurda Osiyo davlatlarining yillik anjumani iqtisodiy o’sishni ta’minlash va savdo aloqalarini rivojlantirish va’dalari bilan yakunlandi.

Muxbirimiz Pola Vulfsonning xabar berishicha, e’tiborga molik eng muhim uchrashuvlar yuzma-yuz yoki yopiq eshiklar ortida o’tgan. Forum deklaratsiyasida yozilishicha, erkin savdo bo’yicha xalqaro muzokaralar kelasi yil nihoyasiga yetishi kerak.

Singapurdagi sammitda global iqtisodiy krizisdan chiqib olish uchun yaqinroq ishlash, savdo yo’liga cheklovlar qo’ymaslik haqida chaqiriqlar yangradi. Proteksionizm xususida gap ketganda, ayrim davlatlar AQShning o’zi bu borada namuna bo’lishi kerak degan.

Yaponiyaga safari chog’ida prezident Barak Obama Osiyo davlatlarini faqat eksportga tayanmasdan, muvozanatli o’sish haqida o’ylashga undagan edi. Sammitda iqlim o’zgarishi masalasi ham ko’tarildi, biroq biror natijaga erishilmagan.

Sammit doirasida uchrashgan Barak Obama va Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev ikki davlat yadro qurollarini kamaytirish bo’yicha muddati tugayotgan bitimni yangilash qarorida qat’iy deydi. Eski bitim shu yil dekabrda tugaydi. Obama yil oxirigacha yangisini imzolashga ulguramiz, demoqda.

Obamaning ta’kidlashicha, Eronning yadro dasturi atrofidagi bahslarni hal qilish uchun vaqt oz qolmoqda. Rasmiy Tehronga uranni xorijda boyitish taklif qilingan, ammo hali javob olingani yo’q.

AQSh rahbari Janubi-Sharqiy Osiyo davlat rahbarlari bilan uchrashuvda Birmadagi ahvolni muhokama qilgan. Birma harbiy hukumatini siyosiy mahbuslar, jumladan muxolifat yetakchisi Ang San Su Chini ozod etishga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG