Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda


Korrupsiya dunyodagi azaliy va fundamental muammolardan biri.

Jahonda undan aziyat chekmayotgan jamiyat yo’q hisob deya eslatmoqda Transparency International, oshkoralikni targ’ib qiluvchi xalqaro tashkilot.

Bu illatga qarshi kurash, deyiladi yangi tahlilnomada, hatto eng rivojlangan va boy davlatlarda ham e’tibordan chetda qolmoqda.

Yangi Zelandiya korrupsiyadan eng toza davlat deya tan olinmoqda. Ikkinchi o’rinda Daniya, uchinchi o’rinda Singapur va Shvetsiya turibdi. AQSh 19-o’rinda.

180 davlatdagi ahvol tahlil qilingan. Markaziy Osiyo mamlakatlari korrupsiya turmush tarziga aylangan jamiyatlar deya ta’riflanmoqda.

Qozog'iston yulg'ichlik va poraxo'rlik bobida 120-o'rinda bo'lsa, O’zbekiston 174, Tojikiston 158, Qirg'iziston 162, Turkmaniston esa 168-o'rinni egallamoqda. Rossiya 146-o'rinda.

XS
SM
MD
LG