Breaking News

Rossiya temiryo'l halokatini terror xuruji demoqda


Rossiya rasmiylarining xulosa qilishicha, juma kuni sodir bo'lgan temiryo'l halokati - terror xuruji. Bologoye shaharchasi yaqinida tezyurar poyezd relsdan chiqib, 26 kishi o'lgani va 100 ga yaqini jarohat olgani aytilmoqda.

Voqea ustidan jinoiy tergov qo'zg'atilgan. Qutqaruvchilar hamon 18 yo'lovchini topishga harakat qilmoqda.

Nevskiy Ekspress nomli poyezd Moskvadan Sankt-Peterburgga yo'l olayotgan edi. Tergovchilar hozircha hech kimni gumon qilayotgani yo'q va terror xuruji ehtimolini o'rganmoqda.

Rossiya Favqulodda holatlar vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, jarohatlanganlarning ba'zilari mahalliy kasalxonaga, og'ir ahvoldagilar esa Moskva va Sankt-Peterburgga olib ketilgan.

Sog'liqni saqlash vazirasi Tatyana Golikova yo'lovchilar turli xil jarohatlar olgan deydi.

"Kimningdir boshi lat yegan, kimningdir suyaklari singan. Ba'zi odamlarda ichki qon ketish kuzatilgan," deydi rasmiy.

Rossiya Ichki ishlar vaziri Rashid Nurgaliyevning aytishicha, tergov bilan maxsus guruh shug'ullanmoqda va unga jiddiy e'tibor qaratiladi.

Prezident Dmitriy Medvedev jabrdiydalar va qurbonlar oilalariga yordam beriladi deydi.

"Tartibni tiklash uchun barcha choralar qo'llanilmoqda," deydi Rossiya rahbari.

Federal xavfsizlik xizmatiga ko'ra halokatga terror xuruji sabab bo'lish ehtimoli yuqori, chunki voqea maydonida portlovchi modda qoldiqlari topilgan. Tergovchilarga ko'ra, bomba tarkibida 7 kilogram trotil moddasi bo'lgan.

2007 yilda ham xuddi shu yo'nalish bo'yicha ketayotgan tezyurar poyezd bomba portlashidan izidan chiqqan edi. O'shanda ikki chechenistonlik hibsga olingan.

XS
SM
MD
LG