Xitoy prezidenti Markaziy Osiyo bo'ylab safar qilmoqda


Xitoy rahbari Xu Tzintao bugun Qozog’istonda prezident Nursulton Nazarboyev bilan uchrashmoqda. Xitoy Markaziy Osiyodagi bu davlat neft-gaz zaxiralariga katta sarmoya kiritgan. Mintaqada yangi quvur yotqizishda ham moliyaviy yordam bermoqda.

Xu Tzintao so’ngra Turkmanistonga yo’l olib, Xitoy va Markaziy Osiyoni bog'lovchi yangi gaz quvurining ochilish marosimida qatnashadi.

Tadbirda Qozog’iston va O’zbekiston prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Islom Karimov ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Uzunligi 1800 kilometrlik quvur Turkmaniston, Qozog’iston, O’zbekiston hududini Xitoy shimoli – Shinjon uyg’ur muxtoriyati bilan bog’laydi.

XS
SM
MD
LG