Breaking News

Lukoil kompaniyasi Iroqdagi yirik neft koniga ishlov beradi


Rossiyaning Lukoil va Norvegiyaning Statoil kompaniyalari Iroq janubida, Qurna nomli yirik neft konida qazish ishlari olib boradi. Taxminlarga ko’ra, bu kon kuniga salkam ikki million barrel qora oltin yetkazishi mumkin.

G’arbiy Qurna koni – dunyodagi eng katta, neftga boy zaxira sanalib, unda, hisoblarga ko’ra, 12.9 milliard barrel qora oltin bor. Gollandiyaning Shell va Malayziyaning Petronas kompaniyalari esa Iroqdagi Marjon neft koniga ishlov beradi.

Bitimlar kecha kim oshdi savdosida ma’qullangan. Tadbirda 44 yirik kompaniya ishtirok etgan.

Iroq dunyoning neftga boy davlatlaridan biri; mamlakat Bosh vaziri Nuri al-Maliki fikricha, bunday e’tibor Iroq siyosat va xavfsizlik bobida qaddini rostlayotganidan nishona.

XS
SM
MD
LG