Dunyoda ekolog, faollar namoyish qilmoqda


Iqlim bo’yicha xalqaro anjumanga mezbon Kopengagenda bugun o’n minglab faollar, ekologlar namoyishga chiqqan.

Ular dunyo rahbarlaridan iqlim o’zgarishiga qarshi samarali va tezkor yechim talab qilmoqda.

Jahonning boshqa sharlarida ham bugun shu kabi namoyishlar o’tmoqda.

Avstraliyadagi yig’inda 40 ming odam qatnashgani aytilmoqda. Pekin, Jakarta, Manila va Taypeyda ham bugun o’xshash manzara.

Namoyishchilar talabi shuki, havoni eng ko’p iflos qilayotgan, snaoatlashgan davlatlar mas’uliyatni bo’yniga olsin, atmosferada zaharli gazlarni kamaytirsin, toza, tejamkor ekologik texnologiyaga ko’proq sarmoya kiritsin.

XS
SM
MD
LG