Kambodja hukumati uyg'ur qochqinlarini deportatsiya qildi


Kambodja hukumati shu yil yozida Shinjondan kelgan 20 nafar uyg’ur qochqinini deportatsiya qilgan.

Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Koy Kuong so’zlariga ko’ra, bu odamlar kecha Xitoy samolyotiga o'tqazib yuborilgan.

Kambodja qarorini uyg'urlar bu mamlakatga noqonuniy kirgani bilan izohlamoqda. Bugun Xitoy vitse-prezidenti Shi Jinping Kambodjaga safarini boshlagan.

Huquq himoyachilari fikricha, Shinjondagi g’alayondan qochib, Kambodjaga borgan uyg’urlar vatanida qiynoqlar va o’lim jazosi bilan yuzlashishi mumkin.

Xitoy hukumati ularni shu yozda 200 odamni hayotdan olib ketgan qo’zg’olonga aloqador, deb keladi.

"Kambodja Xitoy bilan do'stona aloqani saqlab qolish uchun har narsaga tayyor. Uyg'urlarning bu yerda qolishiga imkon yo'qligi boshidan ayon edi", - deydi advokat Teari Seng.

O'tgan oy missionerlar yordamida Kambodjaga yetib kelgan uyg'urlar BMTdan qochqin maqomini olish harakatida edi. Rasmiy Pekin nazarida aslida ular xalqaro tashkilotdan himoya so'rayotgan jinoyatchilar va qonun oldida javob berishi kerak.

Xitoyda Urumchidagi qonli voqealarda ishtirok etganlarning hozirgacha 17 nafariga o'lim jazosi berilgan.

XS
SM
MD
LG