Rossiya, AQSh strategik qurollar muhokamasiga yanvarda qaytadi


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov nazarida AQSh va Rossiya qurol-aslaha zaxirasini keskin, radikal ravishda, misli ko'rilmagan darajada kamaytirishi mumkin.

Tomonlar 1991 yilda imzolangan va shu yil 5 dekabrda muddati tugagan strategik-hujumkor qurollar haqidagi bitimni muhokama qilar ekan, davlatlar dunyo xavfsizligi va yadroviy qurollar tarqalishining oldini olish qarorida qat’iy va yadroviy arsenaldan qutulish yo’llarini ko’rib chiqmoqda.

Muhokama tafsilotlari haqida Lavrov kecha Toshkentda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida talabalar bilan uchrashuvda batafsil to'xtalgan.

Davlat departamenti rasmiysi P.J. Krouli so’zlariga ko’ra, AQSh va Rossiya hamon eski bitim shartlariga amal qilmoqda. Yangisini ishlab chiqish ko’proq vaqt talab qilishi mumkin, chunki bu o'ta murakkab jarayon. Biroq Vashington va Kreml bundan xavotirda emas. Rasmiylar yanvar o’rtasida hujjat muhokamasiga qaytadi.

Lavrovning aytishicha, strategik qurollarga doir avvalgi bitim olti yil davomida ishlanib, uzoq muhokamadan so'ng imzolangan. Yangi bitim esa bor-yo'g'i 3-4 oy muhokamada, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Avvalgi bitimda AQSh va sobiq Sovet ittifoqi yadroviy qurol-aslahani 6 ming donaga, o'q-dorini tashish vositalarini 1600 ga kamaytirishga kelishib olgan.

Yangi hujjatda yadro arsenalini 1500 ga, transport vositalarini 500 ga tushirish ko'zda tutilgan.

XS
SM
MD
LG