Eron harbiylaridan namoyishchilarni tinchitish so'ralmoqda


Eron oliy rahnamosi Oyatulla Ali Xomeneiy huquq-tartibot va adliya organlaridan namoyishchilarga qarshi qat’iy chora ko’rishni so’ramoqda.

Hukumat tanqidchilari, deydi u, niyati buzuq isyonchilardir va xavfsizlikka mas’ul idoralar ularga yuklangan vakolat-vazifani bajarishi lozim.

Hukumat tarafdorlari Oyatulla Ali Xomenei ma’ruzasini “AQSh va Isroilga o’lim” hamda “ikkiyuzlamachi-riyokorlarga o’lim” degan hayqiriqlar bilan qarshi oldi. Konservativ tuzumni yoqlovchilar muxolifat a’zolariga shunday ta’rif bermoqda.

“Eron Islomiy Respublikasida qonun ustuvor bo’lishi kerak. Mamlakatda tartibni saqlash uchun ularga to’la amal qilamiz. Doimo ogoh turib, dushmanni fosh etish burchimiz”, - dedi Oyatulla Ali Xomeneiy Inqilobiy Gvardiya qo’mondonlari va ko’ngilli politsiyachilarga murojaatida.

Mamlakat oliy rahbari shialarning Ashuro bayrami kuni bo’lib o’tgan to’qnashuvlar va qon to’kilishida muxolifatni ayblasada, hukumat tarafdorlaridan o’zboshimchalikka berilmaslikni so’ramoqda. “Zo’ravonlikdan begunoh odamlar ham aziyat chekishi mumkin”, - deydi u.

Ogonlantirishga qaramasdan, oppozitsion veb saytlar yozishicha, hukumatga qarshi namoyishlar davom etyapti. Ularda ayniqsa talabalar faol. Ayrim oliygohlarda studentlar davlat imtihonlarini boykot qilgan.

XS
SM
MD
LG