G'arb nazarida Markaziy Osiyo  -  turmushi qoloq mintaqa


Chet elga safar qilishga qiziqqan amerikaliklar uchun tayyorlangan tavsiyanomada yozilishicha, Markaziy Osiyo juda sekin rivojlanayotgan mintaqa va u yer borish yoki yashashga arzimaydi.

Mazkur ro’yxat ⇒ har yili dunyo davlatlaridagi vaziyatni o’rganib, sayyohlarning talab-ehtiyojlariga monandlikni tahlil qiladi.

Sharhlovchilar fikricha mintaqadagi aksar davlatlar, jumladan O`zbekistonda tirikchilik haqiqatdan ham dolzarb muammo.

AQShda chop etiladigan International Living jurnali dunyoning 194 davlatida aholi turmush darajasini o'rgangan. Tadqiqot davlatlarda yashash qiymatidan tortib, sog`liqni saqlash xizmati, madaniy- ijtimoiy ko`rsatkichlar, mamlakatdagi erkinlik darajasini ham inobatga oladi.

O`zbekistonda yashash qiymati nisbatan arzon bo`lsa-da, erkinlik darajasi pastligi uchun qoloq, amerikaliklarga borish tavsiya etilmaydigan davlatlar qatoriga kirgan. O`zbekistondan keyingi o`rinlardan joy olgan Turkmaniston uchun ham asosiy salbiy ko`rsatkich erkinlik yo`qligi ekani aytiladi.

Ro’yxatda O`zbekiston va Turkmaniston orasidan o`rin olgan Qozog`iston yashash qimmatligi bois tavsiya qilinmaydi. Tadqiqot AQSh nuqtai-nazaridan o’tkazilgan, ya’ni biror mamlakatni ziyorat qilish yoki biznes qilish istagidagi amerikaliklar uchun.

O`zbekiston ahli turmush sifatini qanday baholashi o’rganilmagan. Sharhlovchilar fikricha xalq uchun uchun turmush darajasi emas, balki tirikchilik qilish eng dolzarb masala.

“Hukumat aholini qiynayotgan muammolarga mutlaqo befarq. Ishsizlar taqdiri, buning ustiga sog`liqni saqlash, ta`lim sohasidagi muammolar hammasi yig`ilib jamiyatda qattiq norozilikni shakllantirishi mumkin. Bundan tashqari fermerlarning ham juda katta qismi yerlaridan ajrab, qashshoqlar toifasiga qo`shildi”, - deydi sharhlovchi Jahongir Shosalimov.

2009 yil aholi uchun qo`shimcha qiyinchiliklar bilan kuzatilgan. Asosiy muammo - ishsizlikka, ishlayotgan qatlamga maoshni o`z vaqtida to’lamaslik qo`shilgan. Maoshning plastik kartochkalarga o`tkazilishi esa aholi tomonidan jiddiy norozilik bilan qabul qilindi.

Aksariyat aholi tirikchilik imkoniyatini mamlakatda emas, xorijdagi mehnat bozorida ko’radi. Mehnat muhojirlari topayotgan pul ham turmush sifatini yaxshilash emas, ro`zg`or tebratishdan ortig`iga yetmaydi.

“U yerdagilar (Rossiyadagilar) bizga ishlashga, pul topishga imkoniyat berishadi, lekin asosiy qoea ishlarni o'zbekistonliklar qilishadi. Ularning o'zi bu ishni nazarga olmaydi, oyligi juda kam. Mehnatning uyati yo'q. Men odamlarimizni, xalqimizni shuning uchun ham juda hurmat qilaman. Mehnatdan qo'rqmaydi, har qanday qora ish bo'lsin, qiladi. Birinchi o'rinda oilasini o'ylaydi, bolalarimni katta qilay deydi. Men o'zim ham qora ishda ishlaganman, shunga majbur bo'lganman”, - deydi mehnat muhojirlaridan biri.

Sharhlovchilar aholi qashshoqlashishi, ijtimoiy iqtisodiy hayot og'irlashayotgani sababini ko`proq korrupsiyaga bog’laydi.

“Korrupsiya yana rivojlanadi, qashshoqlashish ko`payadi, chunki korrupsiya davrida har qanday amaldor o`zining kursisiga yopishib oladi. Ko`tarilish, yanada ko`proq yulishga harakat qiladi. Faqat ko`zbo`yamachilik. Bultur uncha bo`ldi, buncha bo`ldi deyish, o`zining xatolarini berkitish uchun qilinayotgan harakat”, - deydi sharhlovchi Akbar Aliyev.

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil yakunlariga bag`ishlangan majlisiga ko`ra, mazkur yil davomida aholi daromadi oshgan, yangi ish o`rinlari yaratilgan, ishlab chiqarish hajmi 8 foiz atrofida ekani aytiladi.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG