Turkmanboshining oltin haykali olib tashlanadi


Turkmaniston mamlakatni 21 yil davomida boshqarib 2006 yilda hayotdan ko’z yumgan Saparmurod Niyozov davridan qolgan haykal va obidalardan voz kechmoqda.

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov buyrug’iga binoan Niyozovning Ashgabatda qad ko’tarib turgan 70 metrlik oltin haykali olib tashlanadi.

Niyozov uni betaraflik timsoli deya ta’riflasa, xalqaro hamjamiyat unga shaxsga sig’inishning eng yuqori cho’qqisi deya qarar edi.

Haykal shunday bunyod etilganki, Niyozovning chehrasi faqat quyosh tomonga qarab turishi kerak. Kun vaqtiga qarab aylanib turadigan yodgorlik.

Berdimuhammedov fikricha haykal Ashgabatning zamonaviy ko’rinishini buzmoqda.

Turkman rasmiylari bugungi siyosatni izohlashdan bosh tortib keladi.

Mamlakat hamon dunyodagi eng yopiq jamiyatlardan biri, ammo xalqaro tashkilotlar nazarida repressiya darajasi biroz pasaygan.

Sharhlovchilar nazarida Turkmaniston islohotlar boshlangan. Sog'liqni saqlash tizimi va ta'lim sohasida sezilarli o'zgarishlar bo'lgani kuzatiladi. Chet elga chiqish biroz osonlashgan, ammo hukumat fuqarolar hayotini yaqindan nazorat qiladi. Jamiyat so'z va matbuot erkinligi, oshkoralikdan juda yiroq. Tabiiy gazga boy bu davlatda iqtisodiy ahvol ancha og'ir ekani ham ta'kidlanadi.

XS
SM
MD
LG