Breaking News

So'rov: Amerikada jamoatchilik islom haqida kam biladi


Islomni o’rganish bo’yicha ijtimoiy markaz o’tkazgan so’rov natijalari Qo’shma Shtatlarda har uchinchi odam islom haqida bilmasligini ko’rsatdi.

Amerikaliklarning yarmi bu dinni xushlamaydi va ko’p hollarda musulmonlar haqida salbiy fikrda.

Amerikaliklarning 43 foizi islomni ezgu e’tiqod deb bilmas ekan. Bu xristian, yahudiy, buddist va boshqa din izdoshlariga bo’lgan salbiy qarashdan ikki baravar ko’p.

Vashingtonda joylashgan Islomni o’rganish ijtimoiy markazi direktori Daliya Mogahedning aytishicha, so’ro’v natijalari haqiqatni aks ettiradi.

“Odatda dindorlar boshqa dinlar haqida ko’proq salbiy fikrga ega. Lekin biz oddiy amerikaliklarning fikrini o’rgandik, ya’ni dindor bo’lmagan insonlarning”, - deydi u.

So’rovnoma ishtirokchilarining ko’pi islom dini vakillariga nisbatan salbiy fikrda bo’lishiga qaramasdan, deydi Mogahed, natijalar oldin o’tkazilgan so’rovlardan ko’ra ancha ijobiy.

O’z navbatida, dunyo bo’ylab musulmonlar Qo’shma Shtatlar haqida ko’proq ijobiy fikrlar bildira boshlagan. Buning asosiy sabablaridan biri prezident Barak Obamaning islom dunyosi bilan munosabatlarni yaxshilashga intilayotganidir.

Amerika-Islom Aloqalari Kengashi voizi Ibrohim Xuperning aytishicha, uning tashkiloti amerikaliklarning musulmonlarga nisbatan qarashlarini ijobiylashtirish ustida ishlamoqda. Kengash mamlakat bo’ylab Quro’n tarqatmoqda.

“Qur’on – islom ko’zgusi. Imkoniyati bor insonlar uni ko’proq o’qisalar, islom va musulmonlar haqida ko’proq bilgan bo’lardilar”, - deydi Ibrohim Xuper.

XS
SM
MD
LG