Yevropa tashkiloti O'zbekistonni tanqid qilmoqda


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Matbuot erkinligi bo’yicha mas’ul vakili Miklosh Xarashti O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi ta’qib va bosimdan chuqur tashvishda ekanini aytmoqda.

“Tashkilot O’zbekiston hukumati bilan muntazam muloqotda bo’lsa-da, shu paytgacha mamlakatda matbuot erkinligi masalasida biror ijobiy o’zgarish bo’lmagan”, deydi u.

Xarashti O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovga maktub yo’llagan.

Nomada qamoqdagi jurnalistlar Solijon Abdurahmonov, Dilmurod Sayid, shuningdek, sudlanishi kutilayotgan sport sharhlovchisi, diniy dasturlari bilan xalq e'tiboriga tushgan Xayrulla Hamidov, fotosuratlari va hujjatli filmi orqali o'zbek xalqini haqorat qilganlikda ayblanayotgan Umida Ahmedova ham tilga olinadi.

"Ularning ishini yaqindan kuzatib borayapmiz va O’zbekiston hukumatini matbuot erkinligini hurmat qilishga da’vat etamiz", - deydi Miklosh Xarashti.

XS
SM
MD
LG