Breaking News

Saakashvili: Gruziyadan Afg'onistonga tranzit yo'li ochish kerak


Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Afg’onistonda terrorga qarshi urushda AQShga yordam taklif qilib, Gruziya xizmatidan ko’proq foydalanishga chaqirmoqda.

Afg’onistonga qurol-yarog’ va boshqa yuklarni yetkazishda Gruziyadan transport markazi sifatida foydalanish mumkin, deydi Saakashvili Associated Press axborot agentligi bilan suhbatda.

Yuk temir yo’l, avtomobil trassalari, shuningdek, dengiz orqali Ruminiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog’iston va O’zbekiston orqali Afg’onistonga yuboriladi, deydi u.

Prezident Saakashvilining aytishicha, AQSh va NATO kuchlari Gruziyaning Qora dengizdagi bandargoh va aeroportlaridan yuk jo’natish va yonilg’i quyishda foydalanishi mumkin.

Gruziya rahbari taklif qilayotgan marshrut siyosiy raqibi Rossiyani chetlab o’tadi. Ayni damda Qo’shma Shtatlar yukni Pokiston yoki “shimoliy yo’nalish”, ya’ni Rossiya, Qozog'iston va O'zbekiston orqali jo’natmoqda.

Oq uy Mixail Saakashvili taklifiga hali javob bermagan. Ammo Vashingtondagi tahlilchi Endryu Kuchinzning aytishicha, “shimoliy yo’nalish” Saakashvili taklifidan arzonroq.

XS
SM
MD
LG