Eron AQShning arab davlatlari bilan qurol savdosini tanqid qilmoqda


Qo'shma Shtatlar Fors ko'rfazidagi hamkor davlatlarni zamonaviy mudofaa qurollari bilan ta'minlash niyatida ekan, davlat kotibasi Xillari Klinton Eronning yadro dasturidan voz kechmayotgani xavotirga molik, deydi.

Qo'shma Shtatlar mintaqadagi to'rt davlatga Patriot rusumidagi raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazmoqchi. AQSh rasmiylari nazarida Eron raketa sinovlari va atom dasturi bo'yicha xalqaro jamoatchilik taklifini rad etishi unga qo'shni davlatlarni xavotirga solmoqda.

Tehron AQShning bu harakatlarini "provokatsion" deb qoralayapti. Klinton nazarida esa bu Eron siyosatiga qarshi chora.

"Fors ko'rfazida o'zgarib borayotgan muhitdan kelib chiqib ittifoqchi davlatlarni qo'llab-quvvatlaymiz", - deydi davlat kotibi.

Klinton bu haqda Bahraynda so'zlagan. Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Shayx Xolid ibn Ahmad al Halifaning aytishicha, Eron mamlakatining AQShdan mudofaa qurollarini sotib olishini o'ziga tahdid deb ko'rmasligi kerak. Bu bilan harbiy kuchlar nisbati mintaqada o'zgargani yo'q, deydi u.

"Eron buni o'ziga qarshi harakat deb ko'rmasligi kerak. Bu mudofaa choralari", - deydi al Halifa.

Bahrayn vaziri Eron qurol poygasiga berilmaydi, deya umid bildirgan.

XS
SM
MD
LG