Breaking News

Ukraina saylov komissiyasi Timoshenkoning arzini ko'rib chiqmaydi


Ukraina saylov komissiyasi Bosh vazira Yuliya Timoshenkoning prezident saylovlari yuzasidan qilgan shikoyatini ko’rib chiqmoqchi emas.

Komissiya xulosasiga ko’ra, poygada g’alaba qilgan muxolifat rahbari Viktor Yanukovich Ukrainaning yangi prezidenti.

Timoshenko saylov natijalarini tan olishdan bosh tortmoqda, omma orasida bosh vazirning da’vosiga munosabat turlicha.

Yuliya Timoshenko nazarida 7 fevral kuni o’tgan prezident saylovlarida qonunlar buzilgan, ovozlar soxtalashtirilgan. Bir milliondan ziyod fuqaroning ovozi haqida gap ketmoqda, deydi u.

Biroq Timoshenko avvalgi – 2004 yilgi saylovdan farqli bu safar ommaviy namoyish o’tkazmoqchi emas. Ukrainaga hozir tinchlik va osoyishtalik kerak, deydi u. Bosh vazir bahsni sudda davom ettirish qarorida qat’iy.

Markaziy saylov komissiyasi esa Timoshenkoning shikoyatini ko’rib chiqmaslikka qaror qilgan. Xalqaro kuzatuvchilar nazarida saylovlar ochiq va adolatli o’tgan.

Ukraina hozirda og’ir iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirmoqda. Aholi hukumatda ildiz otgan korrupsiyadan norozi. Sog’liqni saqlash, maishiy sohalarda kamchiliklar talaygina.

2004 yilgi prezident saylovlarida Timoshenko va uning safdoshlari islohotlar va’da qilgan, biroq oradan besh yil o’tib, ba’zilar hafsalasi pir bo’lganini yashirmaydi.

Viktor Yanukovich g’alabasini nishonlar ekan, u ham korrupsiyani tugatishga, turmushni yaxshilashga va’da bermoqda.

XS
SM
MD
LG