AQSh Manas tranzit markazi ijara muddatini uzaytiradi


AQShning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili Richard Xolbruk yaqinda Markaziy Osiyoning Turkmanistondan tashqari barcha davlatlarida bo’lib, rahbarlar bilan yuzma-yuz muloqot qilgan edi.

Xolbruk fikricha mintaqa bilan aloqalarni yaxshilash uning asosiy vazifalaridan biri bo’ladi.

Obama ma’muriyati Afg’onistonda tinchlikni ta’minlashda Markaziy Osiyo davlatlari yordamiga muhtoj va mintaqa bilan bu boradagi hamkorlikni oshirishga zo’r bermoqda.

Afg’onistonda xalqaro kuchlarni qurol-aslaha va noharbiy yuk-anjomlar bilan o’z vaqtida ta’minlab turish missiya muvaffaqiyatini belgilaydi. AQSh maxsus vakili Richard Xolbruk O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston rahbariyati bilan uchrashuvlarda Shimoliy Ta’minot Tizimi, noharbiy yuk yetkazuvchi yo’nalishni muhokama qilgan.

“Qirg’iziston”, deydi Xolbruk, “Afg’oniston bilan umumiy chegaraga ega bo’lmasa-da, noharbiy yuklarning asosiy qismi Manas tranzit markazi orqali olib o’tiladi. Buning uchun Qirg’iziston hukumatiga minnatdormiz”.

Qo’shma Shtatlar undan foydalanish bo’yicha kelishuvni uzaytirmoqchi.

O’zbekiston, Tojikiston va Qozog’istonda Xolbruk temir yo’l va havo tranzit yo’llarini kengaytirish, Afg’onistonga bu mamlakatlar orqali ko’proq yuk olib kirish to’g’risida gaplashdi.

Afg’oniston tinchligi bu mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo’jaligini rivojlantirish bilan chambarchas bog’liq. Tojikiston va Qirg’iziston Afg’onistonda suv taqchilligini bartaraf etish va elektr energiyasi bilan ta’minlashda ko’mak berishi mumkin.

Richard Xolbruk AQShning Afg’oniston va Pokistondagi strategiyasi samara bera boshlagan deydi.

“Tolibon chegaraning har ikki tomonidan siquvga olinar ekan, mahalliy aholi orasida kayfiyat ham o’zgarib bormoqda. AQSh-Pokiston qo’shma amaliyotlari natijasida Tolibon harakatining qator sobiq rasmiylari qo’lga olindi. NATO kuchlari Afg’oniston janubidagi markaz shahar – Marjani jangarilardan tozalab, nazoratni qo’lga olishga muvaffaq bo’ldi”.

Strategiyaning keyingi bosqichi bu Afg’onistonni qayta qurish.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG