Breaking News

Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan


Shvetsiya sudi 62 yoshli uyg’ur Bobur Mayxesutini josuslikda ayblab, qariyb bir yarim yilga ozodlikdan mahrum etgan.

U mamlakatdagi uyg’ur qochqinlar, ularning salomatligi, manzili va siyosiy qarashlari haqida axborot yig'ib, Xitoy maxfiy xizmatiga uzatib turgan, deyiladi sud hukmida.

Mayxesuti, xususan o’zini uyg’ur jurnalisti va diplomati deb tanitib yurgan, aslida Xitoy josusi bo’lgan shaxs bilan muntazam aloqada bo’lgan.

Ma’lum bo’lishicha, u Jahon Uyg’urlar Kongressiga kirishga, safdoshlari ishonchini qozonishga muvaffaq bo’lgan.

Xitoy hukumati bu ayblovni rad etib, bari safsata va uydirma deya bayon qilmoqda.

“Xitoyning xorijdagi idoralari va diplomatlari qonun asosida faoliyat yuritib keladi”,- deydi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chin Gang.

Shvetsiya politsiyasi qo'lida audio dalillar, mamlakatda va xorijda yashovchi uyg’ur guvohlar ko’rsatmasi bor.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG