Breaking News

Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan


Qirg’izistonda muxolifat hukumatdan norozi. 17 mart kuni Bishkekda qurultoy o’tkazgan faollar iqtisodiy ahvolga e’tibor berilsin, matbuot erkinligi tiklansin deya talab qilgan.

O'tgan kunlar ichida chet el vositalarining xabar tarqatishi, xususan Pragada asoslangan "Ozodlik" va Londondan xabar uzatadigan "Bi-Bi-Si" radiolariga qator to'siqlar qo'yilgan.

AQSh Kongressi qoshidagi Xelsinki Komissiyasi (Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan bog'liq) Qirg’iziston hukumatini so'z va matbuot erkinligi va muxolifat faoliyati yo’liga g’ov bo’lmaslikka chaqirmoqda.

Komissiya raisi, AQSh kongressmeni Elsi Xeystingsning aytishicha, tinch namoyishlarni taqiqlab va fuqarolarining axborot olish huquqlarini cheklab, Qirg’iziston hukumati xalqaro tamoyillarni buzmoqda.

Mamlakatda qo’rquv hissi hukmron, deydi Xeystings.

Huquq va erkinlik ahvolini kuzatuvchi bu komissiya Qirg'izistonda o'tgan yillar ichida bir necha jurnalist o’ldirilganidan ham xavotirda.

"Amerika Ovozi" muxbiri Alisher Soipov O'sh shahrida 2007 yilning 24 oktabr kuni otib ketilgan edi. Qotil hamon topilmagan. Soipovning oilasi hukumat organlarini haqiqatni yashirayotganlikda, tergovni yuzaki olib borayotganlikda ayblab keladi.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG