Qo'shma Shtatlar BMTga elchi tayinladi


Qo’shma Shtatlar Jenevada asoslangan xalqaro tashkilotlarga yangi elchi tayinlagan.

Usta diplomat Betti King qashshoqlikka qarshi kurash va iqtisodiy taraqqiyot loyihalarini olg’a surish - ustuvor vazifa deydi.

Betti King 1990-yillardan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti strukturalarida ishlab keladi.

Bill Klinton va Jorj Bush prezidentligi davrida AQShning BMT Iqtisodiy kengashidagi elchisi vakolatida kambag’allikka qarshi kurash dasturlari bilan shug’ullangan.

Barak Obama saylangach AQSh tashqi siyosatida tub o’zgarishlar qilishga kirishdi, deydi Betti King, dunyo davlatlari bilan o’zaro hurmat va manfaatlar asosida hamkorlik qilmoqda, tashqi yordam hajmi oshirilgan.

“Yangi elchi sifatida vazifam”, - deydi King xonim, “BMT Ming Yillik Taraqqiyot dasturida belgilangan maqsadlarga erishish”. Dunyo bo’ylab savodxonlikni oshirish, sog’liqni saqlash va yo’qsillikni kamaytirishga qaratiilgan global sa’y-harakatlarni jadallashtirish zarur, deydi u.

XS
SM
MD
LG