General Petreus Toshkentda prezident Karimov bilan gaplashgan


AQSh Markaziy Qo'mondonligi rahbari, general Deyvid Petreus O'zbekistonga tashrif buyurib, prezident Islom Karimov bilan muloqot qilgan.

5-6 aprel kunlari, deya bildiradi AQShning Toshkentdagi elchixonasi, general yuqori lavozimli rasmiylar, xususan Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov, Mudofaa vaziri Qobil Berdiyev va Tashqi savdo va sarmoya vaziri Elyor G'aniyev bilan ham muloqot qilgan.

Muzokarada asosan Afg'onistondagi vaziyat va xalqaro koalitsiyaga noharbiy yuk tashuvchi Shimoliy Ta'minot Tizimi xususida gap ketgan.

Obama ma'muriyatining qayd etishicha O'zbekiston Shimoliy Ta'minot Tizimida muhim rol o'ynab kelmoqda. Respublika orqali Afg'onistonga qurilish mollari, dori-darmon va oziq-ovqat olib o'tilishi ham ko'zda tutilgan.

Bu tranzit tizimiga Latviya, Rossiya, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston ham kiradi.

AQSh Markaziy Qo'mondonligi Iroq va Afg'onistonda ketayotgan harbiy harakatlarni nazorat qiluvchi oliy organ. Petreus xizmat yuzasidan Markaziy Osiyo davlatlarida bo'lib turadi. General Petreus Toshkentda to'xtatishidan oldin Qozog'istonda ham bo'lgan.

U kabi rasmiylar har safar O'zbekistonga safar qilganida "balki baza ochilar" degan mulohazalar bildiriladi, ammo rasmiylar bu taxminlarni inkor etib keladi.

XS
SM
MD
LG