Breaking News

Bakiyevga iste'fo evaziga  shaxsiy xavfsizlik kafolatlanmoqda


Bakiyevga iste'fo evaziga  shaxsiy xavfsizlik kafolatlanmoqda
Bakiyevga iste'fo evaziga  shaxsiy xavfsizlik kafolatlanmoqda
<!-- IMAGE -->

Qirg’izistonda bugun motam, hukumatga qarshi qo’zg’olonda qurbon bo’lganlar xotirlanmoqda.

Qo’shma Shtatlar nazarida poytaxt Bishkekka asta sekin osoyishtalik qaytmoqda.

Sobiq tashqi ishlar vazirasi Roza Otunbayeva boshchiligidagi muvaqqat hukumat ko’ngilli-drujinachilar yordamida mamlakatda tartib o’rnatish harakatida.

AQSh Davlat departamenti rasmiysi Filip Kroulining aytishicha, Qirg’iziston muvaqqat ma’muriyati olti oy ichida saylov o’tkazish qarorida qat’iy.

Vashington buni olqishlamoqda. Ommaviy axborot vositalariga qo’yilgan cheklovlar olib tashlangan.

Qurmanbek Bakiyev hamon Jalolobodda va prezidentlik lavozimidan ketmasligini aytmoqda. Muvaqqat ma’muriyat Bakiyev iste’foga chiqsa, uning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga va’da bergan.

Rossiya hozircha Otunbayeva ma’muriyatini tan olgan yagona davlat. “Qo’shma Shtatlar vaziyatni kuzatishda davom etadi”, - deydi Krouli.

“Qirg’izistondagi voqealar harbiy to’ntarish deb baholanmayapti va AQSh bu davlat bilan diplomatik aloqani uzmagan”.

Amerika tomonlarni qonun doirasida ish tutishga da’vat etgan. Bugun bu davlatning Bishkekdagi elchixonasi noma’lum muddatga yopilgan.

Roza Otunbayevaning aytishicha, AQSh Qirg’izistonning “Manas” tranzit markazidan foydalanishda davom etadi.


XS
SM
MD
LG