Breaking News

Qirg'iz inqilobchilari parlament tizimiga o'tamiz demoqda


Qirg'iz inqilobchilari parlament tizimiga o'tamiz demoqda
Qirg'iz inqilobchilari parlament tizimiga o'tamiz demoqda
<!-- IMAGE -->

Qirg’izistonda bugun hukumatga qarshi qo’zg’olonda qurbon bo’lganlar dafn etilmoqda.

<!-- IMAGE -->

G’alayonda, so’nggi raqamlarga ko’ra, 79 kishi halok bo’lgan. Muxolifat nazarida ular demokratiya uchun jonini bergan qahramonlar.

Sobiq tashqi ishlar vazirasi, muvaqqat hukumat rahbari Roza Otunbayeva omma oldida qilgan chiqishida Qirg’izistonda adolat va demokratiyani tiklashga hamda parlament boshqaruv tizimiga o’tishga va’da bergan.

Otunbayeva ma’muriyati Qurmanbek Bakiyev iste’foga chiqsa, uning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga ham so’z bergan. “So’nggi saylovda aholining 80 foizi menga ovoz bergan”, - deydi taklifni rad etayotgan prezident.

AQSh Qirg’izistonning “Manas” tranzit markazidan foydalanishda davom etadi. Ayni paytda bazadan Afg’onistonga yuk yetkazuvchi parvozlar vaqtincha to’xtatilgan.

Bu orada, Qirg’iziston Bosh prokurori lavozimiga tayinlangan Boytemir Ibrayevning aytishicha, tergov shuni ko’rsatmoqdaki, namoyishchilarga qarata o’t ochish buyrug’ini prezident emas, balki uning o’gillari - Maksim va Marat, hamda akasi Janibek Bakiyev bergan.

Qirg’iziston muvaqqat rahbarlari prezident Bakiyevni mamlakat g’aznasini talon-taroj qilganlikda ayblamoqda. G’aznada atigi 22 million dollar qolgani sabab mamlakat bank tizimini vaqtincha muzlatib qo’yishga qaror qilingan.

Insonparvarlik tashkilotlari, bu orada, Qirg’izistonga ko’mak yetkaza boshlagan. Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasining bildirishicha, Bishkekdagi kasalxonalarga tana jarohati bilan 500 ga yaqin odam yetkazilgan. Dori-darmon va birinchi yordam vositalari tashkilotning Pokistondagi idorasidan Bishkekka yetkazilmoqda.

XS
SM
MD
LG