AQSh: Muvaqqat hukumat xalq dardini inobatga olsin


AQSh: Muvaqqat hukumat xalq dardini inobatga olsin

AQSh: Muvaqqat hukumat xalq dardini inobatga olsin

<!-- IMAGE -->

Qirg’iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev AQSh, Rossiya, Qozog’iston va Yevropa Ittifoqi vositachiligida o’tgan muzokaradan so’ng iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Xalqaro jamoatchilik bu qaror Qirg’izistondagi siyosiy mojaroga nuqta qo’yadi degan umidda.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Robert Bleykning ta’kidlashicha, Qirg’iziston haqiqiy demokratik boshqaruvga o’tib butun mintaqaga namuna bo’lish imkoniyatiga ega.

AQSh diplomati Bishkekda muvaqqat hukumat rasmiylari bilan muzokara qilgan.

“Qirg’iz rahbarlari yangi konstitutsiya ustida ish boshlar ekan, xalq fikrini albatta inobatga olishi shart. Butun jarayon oshkora, fuqaro jamiyati bilan maslahatlashgan holda o’tishi kerak”, - deydi Robert Bleyk.

Qo’shma Shtatlar betaraf ekanini qayd etmoqda, lekin muvaqqat hukumatga texnik va boshqa yordam taklif qilmoqda.

Robert Bleykning aytishicha, “Manas” bazasini yonilg’i bilan ta’minlash to’g’risidagi kelishuvlar qayta ko’rib chiqiladi. Bu serdaromad sohani shu paytgacha Qurmanbek Bakiyevning yaqin qarindoshlari boshqarib kelgan.

“Manas”dan foydalanish bo’yicha AQSh va Qirg’iziston o’rtasidagi amaldagi kelishuvlar o’z kuchida qoladi.

XS
SM
MD
LG