Bishkekda etnik nizolarda besh odam halok bo’lgan


<!-- IMAGE -->

Qirg’izistonda muvaqqat hukumat Bishkek yaqinidagi qishloqda etnik nizoni tinchitish uchun huquq-tartibot xodimlarini yuborgan.

Ma’lum bo’lishicha, bir necha yuz kishi Mayovka qishlog’ini va uning atrofidagi hududni egallab olishga uringan. Odamlar qarshilik ko’rsatgan. Qonli to’qnashuv yuzaga kelib 5 kishi halok bo’lgan.

Shuningdek, bezorilar rus va mesxetin turklarga qarashli xonadonlarga bostirib kirgan.

Oqibatda 16 kishi jarohatlangan, o’nlab fuqaro hibsga olingan.

<!-- IMAGE -->

Rahbarlarning aytishicha, ichki ishlar xodimlari qishloq tevaragida tartib-intizom o’rnatgan.

O'tgan hafta bosim ostida prezidentlikdan voz kechib, Qozog'istonga yo'l olgan Qurmanbek Bakiyev hozir Belarusda. Bu davlat rahbari Aleksandr Lukashenko ushbu ma'lumotni tasdiqlagan.

"Bakiyev va uning oilasi hozir Minskda",- deydi Lukashenko.

Janubdagi Jalolobod shahrida esa kecha Bakiyev tarafdorlari hukumat idoralarini qurshab olgan. Ayrim inshootlarga o't qo'yilgan. Sal o'tmay olomon tarqalgan.

Tafsilotlar audio faylda.

XS
SM
MD
LG