Breaking News

Karimov va Medvedev Qirg'izistondagi vaziyatni muhokama qilgan


<!-- IMAGE -->

Qirg'izistondagi vaziyat Kremlda prezidentlar Islom Karimov va Dmitriy Medvedev uchrashuvi chog'ida muhokama qilingan.

Karimov Moskvaga kecha borgan. Biroq, deydi O'zbekiston rahbari, tashrifning qo'shni davlatdagi voqealarga aloqasi yo'q, chunki u bir necha oy oldin rejalangan.

"Qirg'izistonda davlatchilik asoslariga zarar yetgan, uni tiklash zarur", - deydi Rossiya rahbari.

Uning aytishicha, Kreml yangi hukumat bilan saylovlardan so'nggina ish yuritadi va Medvedev Qirg'izistonga ularni o'tkazishda yordam taklif qilgan.

Islom Karimov qo'shni davlatdagi vaziyatdan xavotir bildirib, bugungi notinchliklarni besh yil oldingi inqilobga bog'lagan.

"Qirg'iziston beqarorligi mintaqadagi hech bir davlat manfaatiga xizmat qilmaydi", - deydi Karimov.

XS
SM
MD
LG