Prezident va parlament saylovlari sanasi belgilandi


Prezident va parlament saylovlari sanasi belgilandi

Prezident va parlament saylovlari sanasi belgilandi

<!-- IMAGE -->

Qirg’izistonda parlament va prezident saylovlari 10 oktyabrga belgilandi.

Muvaqqat bosh vazir o’rinbosari Omurbek Tekebayev yangi konstitutsiya loyihasi 27 iyunda ovozga qo’yilishini ma’lum qilgan.

Qirg’izistonda taniqli huquq himoyachilaridan biri - Tolekan Ismoilova Markaziy Saylov Komissiyasiga rahbar etib tayinlangan.

Ma’lumki, Belarusda boshpana olgan Qurmanbek Bakiyev hamon mamlakatning qonuniy rahbari ekanini ta’kidlamoqda.

Minskda so’zlar ekan, Bakiyev iste’fosidan voz kechib, xalqaro hamjamiyatni Qirg’iziston muvaqqat hukumatini tan olmaslikka chaqirgan. Sobiq prezident qonli g’alayon natijasida hokimiyat tepasiga kelganlarni bir guruh bandit-bezorilar deb ta’riflaydi.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Qurmanbek Bakiyev va uning oila a’zolarini o’z himoyasiga olgan. Bakiyev, deydi Lukashenko, hamon Qirg’izistonning qonuniy prezidenti va qayta saylanish uchun harakat qilishi kerak.

Muvaqqat rahbar Roza Otunbayevaning aytishicha, Bakiyevning Minskdan qilayotgan iddaolari “ojizlik talvasasida maqtanishdan boshqa narsa emas”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fikricha, Bakiyevning bayonotlari hech narsani o’zgartira olmaydi. Bakiyev iste’fo arizasini o’z qo’li bilan yozib, unga imzo chekkan, deydi Lavrov.

Bakiyevni korrupsiya va qator boshqa jinoyatlarda ayblayotgan Otunbayeva ma’muriyati uning vatanga ekstraditsiya qilinishini istaydi va sudga tortishni maqsad qilgan.

Bu orada, Qirg’iziston muvaqqat hukumati Qo’shma Shtatlar “Manas” bazasidan foydalanishda davom etishi mumkin deb ishontirmoqda. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Estoniyada o’tayotgan NATO majlisida bu haqda ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG