Breaking News

Tojikistonda o'tkir yuqumli kasallik - poliomiyelit tarqalgan


<!-- IMAGE -->

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti Tojikistonda poliomiyelit tarqalishi yuzasidan tergov boshlagan, mamlakatga ekspertlar yo’l olgan.

Asab sistemasini falaj qiladigan bu o’ta yuqumli kasallik 10 bolani hayotdan olib ketgan. 100 dan ziyod go’dakda xastalik alomatlari aniqlangan. Virus Afg’oniston va O’zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarda avj olgan.

Tashkilot rasmiysi Sona Barining aytishicha, bu – poliomiyelitga qarshi kampaniya yo’lida ulkan mag’lubiyat.

“Emlash bo’yicha uch yirik kampaniya rejalaganmiz. 864 ming bolani vaksinatsiya qilish kerak – besh yoshgacha bo’lgan go’daklar. Qo’shni davlatlar, ayniqsa, O’zbekiston va Qirg’izistondan poliomiyelit alomatlariga e’tibor berishni, emlash ishlari vaqtida olib borilayotganini kuzatishni so’rayapmiz”,-deydi u.

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti Markaziy Osiyo davlatlarini ogohlikka chaqirmoqda. Tojikistonda poliomiyelit oxirgi bor 1997 yilda qayd etilgan. 2008 yilda aholining 87 foizi bu dardga qarshi emlangani aytilgan edi.

Immunizatsiya jarayoni juda qimmat. Xalqaro tashkilotlar buning uchun 500 ming dollar yordam ajratgan, ammo bu yetarli emas.

Tojikiston poliomiyelit epidemiyasi mavjud ikki davlat – Afg’oniston va Pokistonga qo’shni. Ammo kasallik o’chog’I aynan shu yurtlar ekanini, virus Tojikistondan shu yerdan kelganini aniq aytish qiyin, deydi Sona Bari.

XS
SM
MD
LG