Oliy Majlis a'zolari Amerika poytaxtida mehmon


Oliy Majlis a'zolari Amerika poytaxtida mehmon

Oliy Majlis a'zolari Amerika poytaxtida mehmon

<!-- IMAGE -->

Bu hafta Vashington Toshkentdan sakkiz siyosatchiga mezbonlik qilmoqda.

Oliy Majlis a’zolaridan iborat delegatsiya AQSh Davlat departamentining siyosiy almashinuv dasturi orqali kelgan.

<!-- IMAGE -->

Rasmiylarning tushuntirishicha, bu programma dunyoning turli davlatlaridagi parlament vakillarini, yetakchi arboblarni AQSh davlat tizimi, xususan qonunchilik organi faoliyati bilan yaqindan tanishtirishni maqsad qilgan.

Delegatsiyaga senator, sobiq tashqi ishlar vaziri va bir paytlar Vashingtonda elchilik qilgan Sodiq Safoyev boshchilik qilmoqda.

Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nohukumat tashkilotlar va fuqaro boshqaruvi masalalari bo’yicha qo’mita raisi, O’zbekistonning inson huquqlari bo'yicha bosh vakili Akmal Saidov, shuningdek Senatda Adliya va qonunchilik qo’mitasi raisasi, uzoq yillar Bosh prokuratura so'zlovchisi bo'lib ishlagan Svetlana Ortiqova ham bor.

<!-- IMAGE -->

Mehmonlar vazirliklardan tortib, Kongressning har ikki palatasida, qolaversa Amerika poytaxtidagi siyosiy tahlil markazlarida bo’lib, fikr almashmoqda.

Xalqaro Tinchlik uchun Karnegi Jamg’armasi – Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlarni kuzatib, bu borada AQSh hukumatiga maslahat berib turadigan maskanda so’zlar ekan, Sodiq Safoyev, Senatda Xalqaro aloqalar qo'mitasi raisi, "Ikki davlat bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi, muloqotni kengaytirishi kerak", dedi.

"Bu tarixiy bir safar",- deydi Safoyev. "Biz bu yerga Amerika tajribasini o'rganish uchun keldik".

Tashrif aloqalar yaxshilanib borayotganining bir isboti, deya izohlaydi AQSh rasmiylari. Ularning umidi shuki bu kabi safarlar doimiy an'anaga aylanadi va tomonlar bir-biri bilan ochiq muloqot qilishni o'rganadi.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG