Breaking News

AQShga viza anketasi faqat internet orqali topshiriladi


AQShga viza anketasi faqat internet orqali topshiriladi
AQShga viza anketasi faqat internet orqali topshiriladi

O’zbekistonda AQShga viza olish uchun formalar endi faqat internet orqali to’ldiriladi. Oldingi uch qog’oz o’rniga endi bir anketa - DS-160 ni topshirasiz xolos.

Yangi tizim, deya bildiradi konsul Deyvid Miko, noimmigratsion vizalar uchun ariza berish jarayonini osonlashtiradi, ya’ni talabalar, ishbilarmon, sayyoh va xizmatchilar uchun ishni yengillashtiradi.

Janob Mikoning Aytishicha, o'tgan yili Amerikaga kelish uchun 8 mingga yaqin o'zbekistonlik murojaat qilgan.

Batafsil ma'lumotlar AQShning Toshkentdagi elchixonasi veb-saytida.

XS
SM
MD
LG