Jahon bo'ylab ishchi-mehnatkashlar kuni nishonlandi


<!-- IMAGE -->

Moskva, Rossiya

1 may - Xalqaro ishchi-mehnatkashlar kuni. Millionlab insonlar ishtirokida bugun butun dunyo bo'ylab paradlar, namoyishlar, sayl va bayram tadbirlari o’tdi.

<!-- IMAGE -->

Jakarta, Indoneziya

Indoneziyada aholi ishsizlikka qarshi choralar ko’rishni so’rab ko’chagan chiqqan. Poytaxt Jakartada namoyishchilar hukumatdan korxonalardagi sharoitni yaxshilash, mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish va maoshni oshirishni talab qilgan.

Gong-Kongda esa 1 may tantanalarida ma'muriyat eng kam maosh miqdorini belgilasin, aks holda xususiy sektor odamlarni qul qilib ishlatmoqda degan chaqiriqlar yangragan.

<!-- IMAGE -->

Tokio, Yaponiya

Yaponiya va Tayvanda esa omma diqqati mehnat shartnomalari bilan bog’liq qonunlarda. Ular qayta ko’rib chiqilishi kerak, deydi faollar.

<!-- IMAGE -->

1 may Rossiyada keng tantana qilinadi. Kommunistik partiya va uning tarafdorlari Moskva va boshqa yirik shaharlarda o'z g'oya va dohiylarini ulug'lagan. Shuningdek, e’tibor ishchilar huquqlarida. Bugungi mitinglarda jamoatchilik siyosiy va iqtisodiy erkinliklar haqida bayonotlar bilan chiqqan.

<!-- IMAGE -->

Malayziya, Filippin va Turkiyada odamlar fursatdan foydalanib, hukumatni mehnatkashlar manfaatini ko’zlovchi qarorlar qabul qilishga undagan.

<!-- IMAGE -->

Iqtisodiy ahvol og’ir ekan, Gretsiyada hukumatga nisbatan norozilik kuchli. Afinada politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun ularga ko’zni yoshlantiradigan gaz sepgan.

<!-- IMAGE -->

Afina, Gretsiya

<!-- IMAGE -->

1 may Lotin Amerikada azaldan buyuk bayram. Kubadek sotsialistik jamiyatlarda bu kun kommunizm g'alaba qilgan sana sifatida tilga olinadi va tuzum ko'klarga ko'tariladi.

Qo’shma Shtatlarda muhojirlar namoyishlar o’tkazib, Obama ma’muriyatidan ularni himoya qilishni, noqonuniy ishlab, yashab yurganlarni zarur hujjatlar bilan ta’minlashni, bu insonlarning mamlakatda erkin harakat qila olishi uchun sharoit yaratishni so’ramoqda.

Bu mamlakatda 12 millionga yaqin immigrant biror hujjat yoki ruxsatsiz yashaydi va tirikchilik qiladi.

XS
SM
MD
LG