Nyu-Yorkda portlovchi uskuna o'rnatilgan mashina topilgan


Nyu-Yorkda portlovchi uskuna o'rnatilgan mashina topilgan

Nyu-Yorkda portlovchi uskuna o'rnatilgan mashina topilgan

<!-- IMAGE -->

Nyu-Yorkning teatr va restoranlari bilan mashhur, doimo sayyohlar bilan gavjum “Tayms” maydonida politsiya mashinaga o’rnatilgan portlovchi moslamani zararsizlantirgan.

Guvohlar mashina ichida kichik portlash ro’y berib, undan tutun chiqayotgani haqida huquq-tartibot idoralariga xabar bergach, voqea joyiga o’t o’chiruvchi va sapyorlar yetib kelgan.

“Nyu-yorkliklar ogoh bo’lmaganida, yana bir qonli fojia bilan yuzlashgan bo’lardik”, - deydi Nyu-York meri Maykl Blumberg. Rasmiylar voqeani “terrorchilik harakati” deb baholamoqda.

Bombani zararsizlantirish chog’ida “Tayms” maydonidan bir necha ming kishi evakuatsiya qilingan. Mashina ichidan propan va gaz balonlari, mushak va batareyalar, hamda moslamani harakatga keltiruvchi mexanizm topilgan.

Tergovchilarning dastlabki xulosasiga ko’ra, qo’lbola uskuna portlamay qolgani bir tasodif.

Bombani mashinaga kim o’rnatganini aniqlash uchun razvedka idoralari video-kameralar yozib olgan tasvirlarni ko’zdan kechirmoqda.

XS
SM
MD
LG