Breaking News

Qirg'izistonda o'zbek universitetlari: o'qish sifati - muammo


Qirg'izistonda o'zbek universitetlari: o'qish sifati - muammo
Qirg'izistonda o'zbek universitetlari: o'qish sifati - muammo
<!-- IMAGE -->

Qirg'izistonda o'zbek tilida mutaxassislar tayyorlovchi ikki oliy o'quv yurti mavjud: O'sh va Jalolobod shaharlarida joylashgan ular.

O'sh Davlat Universitetida ham o'zbek fakulteti bor. Birgina O'shda Qirg'iz-o'zbek Universitetida 13 mingga yaqin student ta'lim oladi.

Har yili ushbu oliygoh ikki mingdan ortiq abituriyentni qabul qiladi.

Bu universitet talabasi Shahnoza Ibragimova fikricha, yoshlar orasida oliygohning mavqei baland.

“Ammo oxirgi yillarda o'qituvchilar malakasi pasayib ketmoqda, menimcha”, - deydi u.

“Nazarimda o'quv jarayoni bizning oliygohda yaxshi”, - deydi Sarvar Salimov, Iqtisodiyot fakulteti talabasi.

Universitet rektori, texnika fanlari doktori Anvarjon Ismonjonovning aytishicha, oliygohda muammolar yo'q emas.

“Universitetimiz moddiy-texnik jihatdan mamlakat miqyosida yaxshi ta'minlangan, desak bo'ladi. Masalan, kompyuterlar bilan jihozlanish oxirgi yillarda o'n barobar ortgan”,- deydi rektor Ismonjonov.

Ushbu oliygohda nafaqat davlat tili bo'lmish qirg'iz tili, balki rus hamda boshqa chet tillari o'qitiladi. Bu hol talabalar uchun keng imkoniyat ochadi.

“Sifat bo'limi, o'quv prosessini texnika bilan jihozlash bo'limi tuzganmiz. Masofali ta'lim jarayonini boshlaganmiz. Universitetda butun qog'oz ishlarini kompyuterga o'tkazayapmiz. Albatta, ba'zi kamchiliklar bor. Masalan, darsliklar yetishmaydi. Ammo biz yetmagan kitoblarni o'zimizning bosmaxonamizda chop etamiz”, - deya davom etadi professor Ismonjonov.

Mutaxassislar fikricha, oliygohlardagi asosiy muammo – ta'lim sifati pastligi.

Dotsent Adhamjon Jurayev so'zlariga ko'ra, bunga o'rta maktablarda bilim berish saviyasi tushub ketgani sabab.

“Darhaqiqat, mahalliy o'zbek, qirg'iz maktablaridan kelgan talabalar ancha qiynaladi. Talabalar motivatsiyasini, xohish-ishtiyoqini shakllantirish lozim. Menimcha, baholash sistemasida yangi usullar kirgizish darkor”, - deydi Adhamjon Jurayev.

Ta'lim vazirligi respublika oliy va o'rta o'quv yurtlarida ta'magirlik va poraxo'rlik keng tarqalganini tan olib keladi. Mutaxassislar nazarida korrupsiyaga qarshi tadbirlar natija bermayapti.

Qirg'iziston yoshlari oldida, universitetni endi tamonlagan kadrlar oldida turgan asosiy muammo – ish topish.

“Yaxshi o'qigan talabalarimiz amaliyot jarayonida ishga joylashmoqda. Ammo umuman olganda, ish topish juda dolzarb masala”, - deb mulohaza yuritadi professor janoblari.

Kuzatuvchilar fikricha, Qirg'izistonda ta'lim tizimi avvalgidan ancha zaif. Bu borada qilinadigan ishlar ko'p, deydi ular.

XS
SM
MD
LG