Amerika-O'zbekiston aloqalari / April-2003 - 2003-04-16


April 14-15nci kunlari poytaxt WASHINGTON-da o'tkazilgan uchrashuv yakunida,ikkala mamlakat ortasidagi aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan bayonnoma nashr qilindi.

Amerika-O’zbekiston Mushtarak Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining, navbatdagi yig’ilishi, poytaxt WASHINGTON-da yakunlandi. Ushbu ikki kunlik anjumandan maqsad, Markaziy Osyo-ga tegishli regional xavfsizlik masalalarini muhokama qilish va har ikkala davlat ortasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishdan iborat.

April 14-15nci kunlari bo’lib o’tkan maslahatlashuvlar yakunida nashr qilingan mushtarak bayonomada qayd etilishica, Markaziy Osyo mintaqasi va jahon boylab, tinchlik-ozodlik va farovanlikni kafolat ostiga olish tashabbuslariga ko’maklashish yolida, AQSh bilan O’zbekiston ortasidagi mavjud hamkorlik, har ikkala mamlakat xalqining manfaatiga xizmat qiladi. Chunonchi, uchrashuv qatnashchilari, 2002nci yil Mort oyida, president KARIMOV-ning poytaxt WASHINGTON-ga qilgan safarida qol qoyilgan strategik hamkorlik deklaratsiyasining ahammiyatini, yana bir bor takidlashgan, va ana shu tarixi hujjatlar, amalda tatbiq etilishiga yana bir bor vada berishgan.

AQSh davlat kotibining so’zlovchsi PHILIP REEKER imzosi bilan nashr qilingan ushbu mushtarak bayonnomada qayd etilganidek, AQSh hukumati, O’zbekiston-ni, Markaziy Osyo-dagi strategik hamkori deb qabul qiladi. Regionda savdo-tijoratni orttirish barobarida, terrorga, narko-buzinesga qarshi kurash doxil, mintaqaviy farovanlik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda,AQSh, O’zbekiston hukumatini yanada tashviq qiladi.

AQSh hukumati shuningdek, O’zbekiston-ning, siyosiy islohatlarni jaddalashtirish, fuqarolar jamoatchiligiga asoslangan muassasalarni tiklash yo’lidagi tashabbuslarini himoya qiladi. Ana shu asosda, ikkala davlat ortasida 2002nci yilda qo’l qo’yilgan mushtarak hamkorlik bitimi moddasidagi maqsad-niyatlarni, yana bir bor takidlaydi: Demak, O’zbekiston hukumati, xalq-aro shartnomalarda va oliy kengashda maqullangan talablarga mos, siyosiy-iqtisodiy va ruhiy/diniy-vijdoniy saholarni, demokratik jamoatchilikka asoslash yolida bergan vadalarii yana bir bor takidlaydi. AQSh hukumati ham, ana shu yo’sindagi tashabbuslarni himoya qilib, ko’maklashadi. Bu saholarni shunday xulosalash mumkin; Qonun ustivorligini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ekonomikani rivojlantirish va ijtimoiy taminotni kafolat ostiga olish, ochiq jamoatchilik tiklashga doir muassasalarni qo’llab- quvvatlash. Xalq-aro shartnomalarda qayd etilgan va qo’l qo’yilgan moddalarga muvoffiq,olamshumul erkinlik va inson huquqlariga hurmat ko’rsatgan demokratik qadriyatlarni himoya qilish. Kop partiyaviy tuzumga asoslangan holda, demokratik va siyosiy muassasalar zimmasiga tushgan vazifani amalda tatbiq etish. Mustaqil matbuot doxil, no-hukumat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish va nihoyat, hukumat qaramag’idon mustaqil huquqiy va yuridik xizmatlar va adliya tormaqlari va sistemasini rag’batlantirish.

AQSh hukumati, ana shu tashabbuslar doirasida, O’zbekiston-dagi siyosiy va iqtisodiy islohot rejalarini har tomonlama qo’llab himoya qilishga yana bir bor vada beradi. O’zbekiston hukumati, iqtisodiy va siyosiy reformalarni yana olg’a siljitishi zarur, chunki bular amalga oshirilgan taqdirdagina, ikkala mamlakat ortasidagi strategik hamkorlik bitimi mustahkamlanadi.

Berilgan malumotga ko’ra, O’zbekiston rahbari KARIMOV, prezident BUSH-ni TASHKENT-ga yana bir bor davat qilgan. Xullos, Amerika-O’zbekiston mushtarak hamkorlik kengashining poytaxt WASHINGTON-dagi ushbu uchrashuvlari, samarali va istiqbolga tashlangan muhim bir qadam o’laraq baholanishi kerak..

XS
SM
MD
LG