Breaking News

AMERIKAga SAFAR - 2003-07-30


Qo’shma Shtatlarga ta’til yoki ish yuzasidan safar rejalayapsizmi? Agar rejalayotgan bo’lsangiz u holda sayohatingizni qulaylahstiradigan quyidagi ma’lumotlarga e’tibor bering:

O’zinginizni muhofaza qilish uchun:

Xavfsizlk tadbirlari bois tekshiruvdan o’tkazilishini nazarda tutib yukdoningizni qulflamang.

Agar komputeringizni yoningizda samoletga olib chiqmochi bo’lsangiz tekshiruv nuqtasiga yaqinlashganda uni qo’lingizga oling. Sovg’a-hadyalarni mahkam o’ramang, chunki tekshiruv nuqtasida qaytadan ochishingizga to’gri kelishi mumkin.

Yuklaringizni hozirlar ekansiz, fotoplyonkalarni (foto, kino tasmalarni) qo’lda olib chiqadigan narsalarning ichiga qo’ying.

Shaxsiy ehtiyoj uchun kerakli narsalaringizni plastik quti yoki plastik xalataga qo’ying. Bu esa xususiy narsalaringizga tegmasdan ularni tekshiruvdan o’tkazishni qilaylashtiradi.

Tekshiruv nuqtasida vaqtingizni yo’qotmaslik uchun yoningizda metall buyumlar saqlamang.

Aeroportga ertaroq boring va qo’shimcha ma’lumotlarni sizga xizmat qiladigan Havo yo’llari vakilidan o’rganing.

Uchish davomida nimalarni o’zingiz bilan olishingiz mumkinligi ham qayd etilgan AQSH aeroportlaridagi xavfsizlik tadbirlari borasidagi ma’lumotlarni ham o'ng tarafdagi ustunda mavjud linklar orqali topishingiz mumkin.

Amerikaga sayohat qilishingiz bilan bog’liq qo’shimcha ma’lumotlar o’ng tarafdagi ustunda ham ilova qilingan.

XS
SM
MD
LG