Breaking News

Biz bilan hamkorlik qilishga qiziqqanlar uchun - 2003-12-03


2003 yilning 1 dekabridan e’tiboran "Amerika Ovozi" TVsining O’zbek xizmati tayyorlayotgan ko'rsatuvlar va lavhalar sun'iy yo’ldosh orqali uzatilib, O'zbekistondagi qator mahalliy televidenielarda namoyish etilmoqda.

"Amerika Manzaralari" ko'rsatuvi qisqa lavhalardan iborat bo’lib, asosan Amerika xalqi va hayoti haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, Amerikadagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarga ham nazar tashlaydi. Dasturlardan kino, musiqa, sport, salomatlik va tabiat mavzusidagi lavhalar ham o'rin oladi.

Barcha qiziqqan tashkilotlar uchun:

Ko'rsatuvlarni "ASIASAT-2" uzatish tizimidagi 340 kanalda, "C" to’lqinida, 3880 Megagerts yoki "L" to’lqinida 1270 Megagertsda topasiz.

Biz bilan hamkorlik qilayotgan xususiy televideniyelar va munosabat o'rnatishga qiziqqan muassasalar, ko'rsatuvlarimizni sun'iy yo'ldosh orqali olish haqidagi qo’llanmani BBG/IBB, ya’ni AQSh Xalqaro Axborot Vositalari Kengashining hududdagi maxsus vakillaridan va eng qulayi, Internet orqali “Amerika Ovozi”ning o’zbek tilidagi Internet sahifasidan topishlari mumkin.

Bundan tashqari, ingliz tilidagi quyidagi sahifani ham ko'ring: http://www1.voanews.com/affiliates/index.cfm?

O'zbek Xizmatida malaka oshirish istagi bor shaxslar uchun:

"Amerika Ovozi" TVsining O'zbek Xizmati, AQShdagi turli oliygohlarda jurnalistika sohasida bilim olayotgan o'zbekistonlik yoshlarga tajriba oshirish imkoniyatini taklif qiladi. Bu borada batafsil ma'lumot olish uchun uzbek@voanews.com ga yozing yoki 202 619 7566 raqamiga telefon qiling.

Shuningdek, AQSh Xalqaro TV va Radio Boshqaruv Kengashi taklif qiladigan professional imkoniyatlar haqida bilish uchun quyidagi sahifaga nazar tashlang: http://www.voa.gov/interns/ Qo'shimcha ma'lumot uchun 202 619 0909 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

XS
SM
MD
LG