"Amerika Manzaralari" ko'rsatuvi Chirchiq Televideniesida havoga uzatilyapti - 2003-12-07


AQSH va O,zbekiston hukumatlari o,rtasida imzolangan strategik hamkorlik shartnomasi har ikki mamlakat axborot vositalarini o,zaro hamkorlikni yo,lga qo,yishlariga ham bois bo,lgan. Faqat Rossiya teleko'rsatuvlarini namoyish qilish bilan mashg'ul bo'lib kelgan Chirchiq televideniyasi shu yilning yanvar oyidan boshlab Amerika ovozi lavhalarini ham tomoshabinlar etibotiga havola qila boshladi.

-Biz Amerika ovozi bilan ancha vaqtdan buyon hamkorlik qilib kelamiz. Shu yilning yanvar oyida bizga teleko'rsatuvlar qabul qilish moslamalarini taqdim etishdi. Nihoyat avgust oyiga kelib o'zaro shartnoma imzolangandan keyingina bu maftunkor mamlakat manzaralari bilan tomoshabinlarni muntazam ravishda tanishtirish imkoniga ega bo,ldik,-deydi Chirchiq televideniyasi bosh direktori Viktor Sapiro.

Chirchiq televideniyasi 1995 yilning iyul oyidan boshlab Chirchiq shahri va Qibray tumanidagi 200 mingga yaqin tomoshabinlarga o,z ko,rsatuvlarini namoyish etb kelmoqda. Har kuni 9 soatlik efir vaqtining qariyb foizini Rossiya telekanallari ko,rsatuvlari egallardi. Televideniya ijodkorlari tomonidan tayyorlanadigan rus va o,zbek tillaridagi xabarlar va tahliliy materiallar ko,rsatuv vaqtining atigi bir soatini band etardi.

-Shu yilning avgust oyidan yakshanba kunlarida efirga uzatiladigan Amerika ovozi televideniyasining rus tilidagi Dunyo oynasi dasturi tomoshabinlar e tiborini tortdi. Ular Amerikadek sehrli mamlakat manzaralari, u yerdagi odamlar , ularning yashahs tarzi va qiziqishlarini miriqib ko,ra boshladilar,-deydi Viktor Sapiro.

- Amerika ovozi televideniyasining o,zbek tilidagi ko,rsatuvlari shu yilning dekabr oyidan boshlab sun,iy yo,ldosh orqali uzatila boshladi. O,zbekcha lavhalar haqida qanday fikrdasiz?-deya so,rayman Sapiro janoblaridan:

-Ha, bular Amerikadagi hayot hamda biz kabi oddiy odamlar turmushi haqida hikoya qiluvchi ommabop ko,rsatuvlardir. Biz umuman olganda o,z ko,rsatuvlarimiz jug,rofiyasini kengaytirish uchun bu lavhalardan foydalanishdan manfaatdormiz. Bizning hamyurtlarimiz Amerikadagi hayotdan xabardor bo,lsalar buning nimasi yomon?!-deydi Viktor Sapiro.

Suhbatdoshimning aytishicha Chirchiq televideniyasi nafaqat Amerika ovozi , balki Nemis to,lqini televideniyasi bilan ham hamkorlikni yo,lga qo,ygan.

Bu mamlakatlardagi odamlar turmushi, ularni o,z hayotlaridagi muammolarini qanday hal qilayotganliklarini O,bekistonliklar ham ko,rib, bu borada o,zlariga kerakli saboq olsalar ajab emas. Chunki bizning yurtdoshlarimiz ham har qadamda bu xildagi muammolarga duch keladilar. Odamlar oddiy hayotiy savollariga javob topishlari, biror bir qarorga kela bilishlari ularda tanlash imkoniyati bo,lishi kerak. Buning uchun esa Amerika va boshqa mamlakatlarning axborot vositalari qulay imkoniyatdir, -deydi Viktor Sapiro janoblari.

-Hukumat amaldorlari va oddiy odamlarning Amerika ovozi teleko,rsatuvlariga munosabatlarida o,zgachalik bormi?

-Yo,q, biz bu borada bevosita so,rov o,tkazmadik. Hukumat amaldorlarinining bu ko,rsatuvlarga munosabatini yaxshi ham, yomon ham deb bo,lmaydi. Ular bu haqda hozircha sukut saqlashmoqda. Ammo oddiy odamlarga bu ko,rsatuvlar ma,qul tushmoqda.Biz ular uchun ham maxsus so,rov o,tkazish imkoniyatiga ega emasmiz.

Biroq shunga qaramay qo,ng,iroq qilgan kishilar bu telelavhalar bilan qiziqishadi. Qayta namoyish qilishimizni so,rashadi.

Viktor Sapiro janoblaridan Sizlarda senzura bormi? Agar bo lsa Amerika ovozi ko,rsatuvlariga senzuraning qandaydir ta,siri bo,lishi mumkinmi? -deya so,raganimda quyidagicha javob oldim.

-Biz shu paytgacha hukumat idoralaridan Uni ko,rsatasan, yoki bu qabilidagi hech qanday bosimlarga duch kelmadik.Albatta kelishadi. Bizni kimni va nimalarni ko,rsatayotganimiz bilan qiziqadigan tashkilotlar ham bor. Lekin men o,ylaymanki, bular shunchaki xavfsizlik choralari o laroq amalga oshiriladigan ishlardir. Lekin Bizga u narsa kerak, bunisini efirdan olib tashla singari ko,rsatmalar bo,lmadi. Balki bundan keyin bo,lmasa+-deya kuladi Viktor Sapiro.

Chirchiq televideniyasi rahbari albatta ehtiyot chorasi o,laroq jiddiy-siyosiy mavzulardagi materiallarni tayyorlashga istihola qilayotgandek taassurot uyg,otadi.

-Biz Amerika ovozi ko,rsatuvlarini ijobiy tomonlari borligi uchun ko,rsatmoqdamiz. Aks holda ularni efirga uzatmagan bo,lardik. Chunki o,zimizning boshqa muammolarimiz ham bor.

Chirchiq televideniyasi shu paytgacha Chirchiq shahar hokimligi muassisligida faoliyat ko,rsatib kelmoqda. Rossiya telekanallari ko,rsatuvlari fonida turli xil reklamalarni uzatish bilan ancha tanilgan bu telekanal ayni paytda mustaqillik maqomiga ega bo,lish uchun kurashmoqda.

XS
SM
MD
LG