Breaking News

"Amerika Ovozi" ko'rsatuvlari Jizzax Televideniesida havola etilmoqda - 2003-12-18


-G,allaorolning Payshanba bozori qirlar orasidsa joylashgan. Shu atrofdagi besh-o,nta qishloq aholisi haftaning har payshanba kuni o,zlariga kerakli buyumlarni xarid qilish uchun bozorga otlanadilar. Ularning mana bunday texnikalardan foydalanishlari esa Davlat Texnika standartlariga umuman javob bermaydi. Buning ustiga haydovchilarning ko,pchiligida guvohnoma yo,qligini qanday izohlash mumkin?

Bu mustaqil Jizzax televidenuyasining har kuni efirga uzatadigan xabarlaridan biridir.

1992 yilning sentyabr oyida Jizzax shahar Nogironlar Jamiyati muassisligida birinchi ko'rsatuvlarini efirga olib chiqqan bu telekanal bugungi kunda Jizzax viloyatida ancha mashhur.

-O'n yildan ortiq vaqt davomida televideniya muxbirlari soni uchtadan o,ntaga yetdi. Tomoshabinlar ham ancha ko,paydi,-deydi televideniya bosh direktori Baxtiyor Eshonqulov.

B.Eshonqulov:-Tomoshabinlar 400-450 mingatrofida. Jizzax shahri, Jizzax tumani, Paxtakor tumaning bir qizmi, Zarbdor, Zafarobod va Zomin tumanlari aholisi bizning auduatoriyamiz. Asosan o,zbek tilida so,zlashuvchilar. Rus tilida ham ko,ngilochar ko,rsatuvlar tayyorlayapmiz.

Muxbir:-Ne mat Saydaliyev Jizzax televideniyasida maxsus bo,lib ishlaydi. U televideniya orqali viloyatdagi barcha muammolarni olib chiqish imkoniyati bor, deb hisoblaydi.

N.Saydaliyev:- Viloyatdagi turli mavzudagi muammolarni bemalol ko,tarib chiqishimiz mumkin. Buning uchun malakamiz ham, iqtidorimiz ham, kerak bo,lsa o,sha bilimimiz ham yetadi. Biror inson tomonidan aytaylik senzuraga biror o,rin ko,rganimiz yo,q. Agar jurnalist o,zi tayyorlayotgan materiallarni, u ko,rsatuv bo,lsin, yangilik lavhasi bo,lsin agar u estetik-etik talablariga javob bera oladigan bo,lsa bemalol tomoshabinga yetkazib berishi mumkin.

M.:- Bugungi kunda Jizzax viloyatida eng katta muammolar nimalardan iborat va bu muammolar televideniya orqali muhokama qilimoqdami? Yana Ne,mat Saydaliyev gapiradi.

N.S.:- Ishsizlar soni, ishsizlik bizning eng katta muammolarimizdan. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, har bir inson o,z huquqlarini qanday himoya qilish kabi mavzularga ko,proq e,tibor berib borayapmiz.

M.:-Jizzax televideniyasi rahbari Baxtiyor Eshonqulovga ko,ra telekanal M uxbirlari har kuni 2 soatlik ko,rsatuvlarni tayyorlab berishadi. Bu ko,rsatuvlardan asosan yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi tahliliy materiallar joy oladi. Kuniga ertalabki vaqt bilan soat to,qqizdan kech soat o,n ikkigacha uzanadigan efir vaqtining asosiy qismini rossiya telekanallari ko,rsatuvlari egallaydi. Bu esa ko,pchilik o,zbekistonliklarni ajablantirmasa kerak. Chunki barcha mustaqil televideniyalar kabi JizzaxTV rahbariyati ham tomoshabinlar asosan rossiya matbuoti va axbarot vositalari orqali o,zlariga kerakli ma,lumotlarni olishayotganini yaxshi bilishadi.

Jizzax televideniyasi keyingi yillarda Nemis to,lqini va Amerika ovozi televideniyalari hamda Internyus-O,zbekiston tashkiloti bilan hamkorlik qila boshladi. Bu xalqaro axbarot vositalarini mahsulotlari mahsulotlari muntazam ravishda televideniya ko,rsatuvlaridan joy oladi.

Mana uch yildirki Jizzax televideniyasi Amerika ovozi televideniyasining rus tilidagi ko,rsatuvlarini tomoshabinlar e,tiboriga havola qilib kelmoqda. Bu ko,rsatuvlarga qiziquvchilar borgan sari ko,payib bormoqda, deydi baxtiyor Eshonqulov.

B.E.:- Shu sputnikdan yozib olayotgan ko,rsatuvlarimiz sifati yaxshi. Ularni muxlislari ko,payib borayapti.

M.:-Jizzax televideniyasi AQSH hukumati ko,magida joriy yilning dekabr oyidan boshlab Amerika ovozi televideniyasining o,zbek tilidagi ko,rsatuvlarini ham sun,iy yo,ldosh orqali yozib olib tomoshabinlarga uzata boshladi. O,zbekcha ko,rsatuvlar haqida qanday fikrdasiz? deya so,rayman suhbatdoshim Baxtiyor Eshonqulovdan.

B.E.:- Amerika haqida hamma ko,rsatuvlar qiziqarli. Nimaga deganda Amerika haqida odamlar boshqacha fikrda bo,lgan. Hozirgi kunda demokratiya jarayonida shu demokratik mamlakatlardagi o,zgarishlarni, ularda misol uchun insonlarga bo,lgan munosabatlar, tabiati, yoki texnikaga bo,lgan o,zgarishlarni juda qiziqish bilan odamlar ko,rib borayapti. Va shuni ko,rishni xoxlaydi.

M.:- Mahalliy hokimiyat mulozimlari Amerikada turib tayyorlanayotgan ko,rsatuvlarga o,zgacha nigoh bilan qarashmayaptimi?

B.E.:- Mahalliy hokimiyat hammasi qiziqish bilan ko,rayapti. Hozirgi kunda yurtboshimiz sa,y-harakatlari bilan Amerika bilan munosabatlarimiz kundan kunga yaxshilanib borayotganini hamma odamlarimiz his etib borayapti. Nimaga deganda yashash, ertangi kunga ishonch, shu jumladan texnika asri rivojlanib borayotganini hamma odam his qilib hozircha muammolar bo,lganicha yo,q. Xudo xoxlasa muammolar bo,lmasa kerak, degan umiddaman.

M.:- Amerika ovozi ko,rsatuvlari O,zbekiston va AQSH o,rtasidagi o,zaro munosabatlarni yaxshi tomonga o,zgarishiga qandaydir ta,sir ko,rsata oladimi? Bu savolga dastlab Baxtiyor Eshonqulov javobi bilan tanishing.

B.E.:- Agar Amerika dunyoda tan olingan davlat deb tan olingan bo,lsa o,shalarni tajribasiga suyangan holda biz ularni qilayotgan ishlaridan o,zimizga kerakli tomonlarini olishga harakat qilamiz.

M.:- Jurnalist Ne mat Saydaliyev gapiradi.

N.S.:- Bu narsa xalqni xalqqa, millatni millatga yaqinlashtiradigan narsa.Madaniyat sohasida bo,lsin, sport sohasida bo,lsin, qancha ko,p bilimga ega bo,lsa inson shuncha o,ziga yaxshi. Dunyoqarashiga ham, hayotini mazmun kashf etishiga ham+Kim xohlasa ko,radi, birovni majburlab ko,rsata olmaysiz. Shu vaqtgacha bu narsa yo,q edi, biz bilmasdik.Faqat Rossiya televideniyasi mahsulotlarini ko,rardik. Oshalar orqali kemagandan keyin, bevosita Amerikaning o,zidan olingandan keyin yaxshi qabul qilinadi va o,sha axborot olish darajasi kuchaygan demoqchiman.

M.:-O,zbekistondagi mustaqil televideniyalar kabi Jizzax telekanali ham jamiyatdagi muammolarni yoritishda davlat axbarot vvositalaridan ajralib turishga harakat qilmoqda. Bu o,zgachalik tomoshabinlarning ularga munosabatida ham ochiq ko,rinadi.

XS
SM
MD
LG