Sharq TV: Tsenzuraga o'rin yo'q - 2003-12-25


O'zbekistondagi yigirmaga yaqin mustaqil televideniyelar AQSH Xalqaro Axborot Vositalari Kengashi bilan imzolangan shartnomaga asosan “Amerika ovozi” ko'rsatuvlarini har kuni tomoshabinlarga yetkazishga kelishishgan edi.

Shu yilning dekabr oyidan boshlab sun'iy yo'ldosh orqali tarqatilayotgan Amerika hayoti manzaralari aks ettirilgan lavhalar faqat Toshkentdagi “30 kanal”, Sirdaryo viloyatidagi “Aloqa TV”, Jizzaxdagi “Baxtiyor” va Qoraqalpog,istondagi “To'rtko,l” mustaqil televideniyalari orqaligina tomoshabinlarga etkazilmoqda.

Shartnoma imzolagan boshqa televideniyalar ba'zi texnik sabablarga ko,ra bu ko,rsatuvlarni efirga bera olmayotganliklarini aytishmoqda. Tez kunlarda boshqa telekanallar ham Amerika hayoti bilan bog,liq qiziqarli lavhalarni O,zbekistonlik tomoshabinlarga uzata boshlaydilar. Namangan viloyatida faoliyat ko,rsatayotgan “Sharq” mustaqil televideniyasi ana shunday hamkorlarimizdan biridir.

“Sharq” televideniyasi bosh muharriri Bahodir Akmalovning fikricha Amerikadagi oddiy odamlar hayoti, turmush tarzi bilan qiziqadigan kishilar juda ham ko,p. Tomoshabinlar e,tiboriga “Amerika ovozi” ko,rsatuvlari albatta havola etiladi.

B.Akmalov:- “Amerika ovozi” ko'rsatuvlarini berish mo'ljalimiz bor. Biroq texnik sabablarga ko,ra biz shu kanalni ko,rsatuvlarini ololmayapmiz. Amerika hayoti, Amerikadagi fuqorolarning turmush tarzi, ularning yashash tarzi albatta bizning odamlarimiz uchun qiziqarli. Yangi yil arafasida ular qanday tayyorgarlik ko,rishayapti va hakoza,shular manimcha hammani qiziqtiradi. O'zga bir millatning qadriyati, urf-odati ikkinchi bir millat uchun hamisha ardog'da bo'lib kelgan.

Muxbir:- “Sharq” mustaqil televideniyasi 1998 yilning iyun oyidan boshlab o'z ko'rsatuvlarini namoyish qila boshlagan edi. Shu kungacha televideniya ko,rsatuvlari Farg'ona vodiysidagi Namangan, Andijon va Farg,ona viloyatlariga, hamda Qirg'iziston va Tojikiston Respublikalarining ikki viloyatlari aholisiga uzatiladi. “Sharq” televideniyasi bosh muharriri Bahodir Akmalovga ko'ra bu hududda jami 12 million aholi yashaydi. Biroq qancha odam teleko'rsatuvlarni tomosha qilishi ma,lum emas.

O'tgan 2002 yilning may oyidan boshlab O'zbekistonda senzura rasman bekor qilingandan so,ng “Sharq” televideniyasi muxbirlari viloyatdagi jiddiy muammolarga ham e’tibor qarata boshladilar.

(Ovoz)- Har oyda respublikamizda 48 million quti tamaki sotiladi. Xaridorlarning orasida voyaga yetmaganlar ham bor albatta. Chunki bolalar sigaretlarni nafaqat savdo shahobchalaridan, balki maktab yonginasida joylashgan yoymachilardan ham sotib olishlari mumkin.

M.:-Bu “Fursat” informatsion dasturi lavhalaridan biridir. - “Fursat” informatsion dasturi va shu nomdagi axborot-tahliliy ko,rsatuv orqali viloyatdagi barcha muammolar efirga olib chiqiladi,-deydi suhbatdoshim Bahodir Akmalov.

B.Akmalov:- 40 minutdan iborat bo'lgan bu ko'rsatuvda bugungi kunda shu hamshaharlarimizni, viloyatimizdagi fuqorolarning eng og,riq nuqtalari, muammolari ochiq-oydin, ob'ektiv yoritib beriladi xolis fikrlar bilan. Va bunda albatta jamoatchilik vakillari qatnashadilar. Mutassadi tashkilotlarning rahbarlari kelib studiyada bevosita tomoshabinlardan bo'lgan savollarga, e'tirozlarga javob berishadi. Aynan o'sha “Fursat” tahliliy dasturi senzura rasman bekor qilingandan keyin efirga chiqdi. Biz ungacha hayolan shunday ko'rsatuv qilsak bo'ladi, degan fikrimiz bor edi. Lekin efirga hali bermagan edik.

M.:-“O'zbekistonda senzura rasman bekor qilingach bosh muharrirlar bu vazifani bajara boshlagani aytilmoqda. Siz viloyatdagi mavjud muammolarni jamoatchilik e'tiboriga havola qilinishiga mone,lik qilmaysizmi?” deya so'rayman suhbatdoshimdan.

B.Akmalov:- O'zbekiston Respublikasining qonunlari doirasida bo,lgan har qanday materialni efirga berishimiz mumkin.Bunda jurnalistdan juda katta mahorat talab qilinadi, malaka talab qilinadi. Qaysiki ma'nodaki u tayyorlayotgan lavhasini ipidan ignasigacha oldin tahlil qilishi kerak. O,rganib chiqishi kerak. U nima demoqchi? Agarki jurnalistni aniq bir maqsadi bo'lmasa gapirayotgan mavzusi haqida, unda bilmadim… To'g'ri, bizda ham qaysidir ma,noda efirdan olib tashlangan materiallar bo'ladi. Lekin u materialda men sizni ishontirib aytamanki kimnidir shaxsiyatiga tegilgan, kimnidir deylik oshkor qilish mumkin bo'lmagan sirlari oshkor qilingan.

M.:- Jurnalist Kamoliddin Hamroqulov “Sharq” televideniyasida “Siz bilan olam charog'on” deb nomlangan mualliflik ko'rsatuvini tayyorlaydi. Bu ko'rsatuvda viloyatdagi ko'zga ko'ringan san'atkorlar va ularning oila a'zolari bilan suhbatlar berib boriladi. Kamoliddin Hamroqulov o'zi tayyorlaydigan ko'rsatuvlar nazorat qilinmasligini aytadi.

K.Hamroqulov:- Meni materiallarim asosan bosh muharririmiz orqali ko'riladi. Tasdiqdan o'tadi. Dam olish ko'rsatuvi bo'lgani uchun menda ortiqcha gap yo'q. Ikki –uch martadan ko'rilib, o'zimiz kelishib efirga uzatamiz.

M.:- Televideniye ijodkorlari o'zlari tayyorlaydigan ko'rsatuvlar to'g'risidagi tomoshabinlar fikr-mulohazalarini “Sharq TV” muassisligida nashr etiladigan bir qancha gazetalar orqali o'rganishga harakat qilishadi. Darvoqe, Farg'ona vodiysida faoliyat ko'rsatayotgan barcha mustaqil televideniyelarning bir yoki ikki nomdagi haftalik nashrlari bo'lsa “Sharq” televideniyasi muassisligida bir yo'la beshta gazeta chop etiladi. Bu nashrlarning televideniye moliyaviy ahvolini yaxshilanishiga katta hissasi bor, deydi televideniye bosh muharriri Bahodir Akmalov.

B.A.:- Hozirgi kunda beshta gazeta bor:”Ekspress-info” gazetasi, “Hayrat” gazetasi, “Info-skanvord” gazetasi, “Info-World” gazetasining juma soni va “Ekspress-info” gazetasining ruscha nashrlari bor. “Ekspress-info”ning o'zbekcha soni butun respublika bo'ylab tarqatilayapti. Qolgan gazetalarimiz asosan vodiyda sotiladi. Bu yerga kerak bo'ladigan texnika, moddiy ta'minotlar hammasi shuni orqasidan qilinadi.

M.:- Biz xizmat safari bilan Farg'ona vodiysida bo'lganimizda “Sharq” televideniyasi ko,rsatuvlarini Andijon va Farg,ona viloyatlarida ham o'z tomoshabinlari borligiga guvoh bo'ldik. Tomoshabinlar O'zbekiston davlat televideniyalari orqali beriladigan ko'rsatuvlar allaqachon o'z muxlislarini yo'qotib bo'lganini urgulashar ekan, ko'ngilochar dasturlarga boy mustaqil telekanallarga qiziqishlari ortib borayotganini ta'kidlashdi. Ularning fikricha. O'zbekistondagi mustaqil televideniyalar faqat bir tomonning manfaatini ko'zlovchi, bir yoqlama materiallar tayyorlashdan voz kechib o,z efir vaqtlarining asosiy qismini bir qadar erkin bo'lgan Rossiya telekanallari ko'rsatuvlari bilan to'ldirishga harakat qilishadi. Biroq Namangandagi “Sharq” mustaqil televideniyesi rus axbarot vositalarisiz ham faoliyat ko'rsatishi mumkin ekan. Bu borada televideniye bosh muharriri Bahodir Akmalov shunday deydi:

B.A.:- Bizda birorta kanalni ko,rsatuvlarini uzatish hali yo,lga qo,yilmagan. O,ylaymanki buni yo'lga qo'ymasak ham kerak. Faqat to'g'ri, kinolardan foydalanamiz. U ham bo'lsa rus tilidagi kinolardan. Chunki, hali o'zbek tilida to'la dublyaj qilingan kinolar yetarli emas. Efir vaqtimiz ko'p bo'lganligi uchun baribir kinoni berishimiz kerak.

M.:- “O'zbekiston Islomiy Harakati” qo'mondoni Juma Namangoniyning vatani bo'lgan Namanganda siyosiy hayot bir qadar barqaror ko'rinishda. Odamlar ko'proq ko'ngilochar filmlar va teleko'rsatuvlar muxlisiga aylanishmoqda.

XS
SM
MD
LG