O'zbekistonda portlashlar: kamida 19 kishi o'lgan - 2004-03-29


O‘zbekiston rasmiylariga ko’ra, bugun Toshkentning Chorsu bozorida va Buxoroda yuz bergan qator portlashlarda kamida 19 kishi o'lgan va 26 nafar odam jarohatlangan.

Bosh prokuror Rashid Qodirovga ko'ra, Chorsu bozoridagi portlashda kamida ikki kishi halok bo'lgani ma'lum; qolgan kishilar Buxorodagi terroristlarga tegishli, deya taxmin qilingan bomba yasovchi maskanning portlashi natijasida halok bo'lishgan. O'lganlar orasida olti nafari ichki ishlar xodimlari edi.

Hukumat vakillari hodisani terroristik hujum, deb atashmoqda. Ichki ishlar xodimlari Chorsu bozorini o’rab olishgan va hozirda tekshiruv boshlangan.

O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Ilhom Zokirov hodisa yuzasidan bir necha kishi so’roq qilinmoqda, dedi, lekin u portlov kimning ishi bolishi mumkinligi haqida biror narsa demagan. RATA-TASS axborot agentligining xabar berishicha, Toshkentdagi portlash bir suiqasdchi ayol tomonidan amalga oshirilgan.

XS
SM
MD
LG