Breaking News

Hujumlarni kim uyushtirgandi? - 2004-03-31


O'zbekistonda 27martdan 30 Martga qadar kuzatilgan portlash va otishmalarda, rasmiy berilayotgan malumotga ko`ra, 9 nafar militsiya xodimi va 9 kishidan iborat bir oila, to`rt nafar aholi va 23ta qurollangan guruh azolari halok bo`lgan. O`zbekiston ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati boshlig`I Aziz Ernazarovning 31 mart kuni berayotgan malumotlariga ko`ra, Toshkeht shahrining Yalaong`och dahasida nomalum gurollangan guruhni qamal qilish vaqtida ikki qavatli yuda o`rnashib olgan 20 nafar qurollangan guruh o`zlarini portlatib yuborishgan, ichki ishlar vazirligi xodimlaridan hech kim jarohat olmagan.

Aziz Ernazarovga ko`ra 30 mart kungi otishmalarda militsiya xodimlarining halok bo`lishi blok post oldida Tiko rusimidagi avtomabilni tekshirish uchun qilingan paytda sodir bo`lgan, aftomabilni boshqarayotgan kishi ham o`zini o`zi portlatib yuborgan.

30 mart kungi voqealarda uch nafar militsiya xodimi halok bo`lishidan tashqari yana 6 nafari jarohatlangan. Rasmiy berilgan malumotlar shundan dalolat beradiki nomalum qurollangan guruh soni yigirmadan oshiq bo`lgan va ularning orasida ayollar ham borligi aytiladi, bundan tashqari boshqa qurbonlar bo`lmagan. Shuningdek Aziz Ernazarov 30 mart kuni Chorvoq suv omborida portlash kuzatilgani haqidagi malumotlarni ham rad etadi.

O'zbekistondagi portlashlar kim tomonidan uyushtirilganligi haqidagi savolga hozirgacha aniq bir javob yo`q bo`lsada, biroq diniy ekstemistik kayfitaga aloqadorligi aytib o`tilgan edi. Chorsudagi portlashlar yuzasidan matbuot anjumani o`tkazgan O'zbekiston Bosh prakurori Rashid Qodirov avvaliga, portlashlar Xizbut tahrir diniy guruhi tomonidan amalga oshirilganligi haqida aniq dalilar mavjudligi haqida ishonch bildirgan edi,biroq mazkur matbuot anjumanida ishtirok etayotgan Ozbekiston tashqi ishlar vaziri Sodiq Safoev charchoq tufayli angloshmovchilik bo`layotgani, gap terrorchilar va diniy fanatizm o`rtasidago bog`liqliq haqida borayotgani, hali bur to`xtamga kelishga erta ekanligi haqida takid berib ketdgandi.

Shundan so`ng dunyo matbuotida Hizbut tahrir guruhini tashkilotning O`zbekistondagi voqealarga nisbatan mutloqo aloqasi yo`qligi haqidagi raddiyasi elon qilingandi.

Takidlash kerak, Ozbekiston ichki ishlar vazirligi tomonidan va norasmiy tarzda ko`rsatilayotgan qurbonlar va jarohatlanganlar sonida katta farq bor. 30 mart kuni bo`lgan otishmalarda Aziz Ernazarov 6 nafar militsiya xodimi jarohatlandi desada, biroq norasmiy manbalar shu kuni Toshkent davlar pediatriya institutining Taraktor zavodi hudidida joylashgan klinik shifoxonasiga 25 nafardan ortiq turli darajadagi jarohatlanganlar yotqizilgani haqida aytishadi. Toshkentdagi 16 tez tibbiy yordam ko`rsatish markaziga ham otishmada jarohatlangan militsiya xodimlari yotqizilgan.

Ichki ishlar vakiliga ko`ra Buxorodagi portlashlarni hisobga olmaganda tinch aholidan bo`lgan qurbonlar soni to`rt kishini tashkil etadi. Xalqaro matbuotda portlash va otishmalar faqatgina militsiya xodimlariga qaratilgan holda maqsaddli oilb borilgani va tinch aholiga teginilmagani haqidagi malumotlar mavjud.

Xullas 27 - 30 mart kunlaridagi portlash va otishmalarda tasdiqlangan malumotga ko`ra 9 nafar militsiya xodimi, 9 kishidan iborat bo`lgan bir oila azolari , to`tr nafar tinch aholi va 23 nafar nomalum qurollangan guruh azolari halok bo`lishgan.

31 mart kuni Toshkentdagi vaziyat nisbatan tinch bo`lsada, biroq portlash va otishmalar yuzasidan Ozbekiston prezidenti boshchiligida tuzilgan komissiya qaroriga ko`ra Ozbekistondagi umumtalib maktablar va bog`chalarning ish faoliyati 5 aprelga qadar to`xtatilgan. Icki ishlar vazirligi vakili bunday ko`rsatma borligini inkor etadi biroq, Toshkent shahridagi xalq talimi bo`limidan berilgan malumot buni tasdiqlaydi.

Umumtalim maktablaridagi darslar 1 apreldan boshlanishi kerak edi. Bolalar bog`chasi vakillariga ko`ra bu muddat 5 apreldan keyin ham cho`zilishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar bo`lgan. Bundan tashqari Ozbekiston qo`shni davlatlar bilan chegaralarini yopgan va bu chora tadbirlarning qachongacha davom etishi haqida aniq malumotlar yo`q.

XS
SM
MD
LG