Hamdardlik, Taxmin va Tanqid - 2004-04-03


O’zbekistonda 47 kishining o’limiga sabab bo’lgan hujumlar va portlovlarga daxldor kishilarni ushlash uchun reydlar va tintuvlar davom etmoqda.

Mamlakat Bosh prokurorining bildirishicha, hozirgacha 19 kishi nazoratga olingan. Rashid Qodirov o'lganlar haqida gapirar ekan, ularning 10 nafari mirshab va 4 nafari oddiy fuqaro, jumladan uch bola ekanligiga diqqat tortib 33 nafar terrorist deb gumon qilingan kishi ham o'lganlar qatorida ekanligini aytgan.

Bosh prokuror portlovlarni uyishtirgan deb xalqaro terorist guruhlarni aybladi.

Prezident Bush kecha O’zbekiston prezidentiga sim qoqib, hamdardlik izhor etar ekan, Qo'shma Shtatlar terorga qarshi kurashda Toskent bilan hamkorlik qilishga hozirligini ma'lum qildi.

Ilgariroq Islom Karimov hujumlar ortida faoliyati man etilgan "Hizbu at Tahrir" borligini aytgan, lekin mazkur guruh bunday voqealarga aralashmaganini ma'lum qilgandi.

Inson huquqlari guruhlari esa Islom Karimovning qattiqo'llikka tayangan siyosati, tinchlik tarafdori bo'lgan o'zgacha fikrdagilarni qivg'inga olishi shunday voqealarga olib kelganini aytmoqdalar.

XS
SM
MD
LG